Xalqimizda biror narsaning qadrsiz, juda arzon ekanini ifodalaş uçun “suvtekin” iborasi işlatiladi. Dunyoning biror bir davlatida bunday ahmoqona ibora yöq. Sababi, sayyoramizda suv “suvtekin” emas: içimlik suvi zaxiralari insoniyat uçun kelajakda muammo bölişi hozirdan prognoz qilinmoqda. Dunyoning ayrim davlatlarida esa bu muammo hozir ham bor, ijtimoiy tarmoqlarda suv idişini kötarib turgan afrikalik bolalarning suratini köp körganmiz.
Aslida, mamlakatimizning ayrim çekka hududlarida ham toza içimlik suvi qançalik qadrli ne’mat ekanini anglaydiganlar bor. Axir hozirgi kunda respublikada 25,6 foiz aholiga içimlik suvi maxsus texnikalar yordamida taşib keltirilar ekan. Ammo bizda haliyam suv “suvtekin”.
Amsterdam, Berlin, Varşava, Tokio kabi dunyoning köplab rivojlangan şaharlardagi mehmonxonalarda unitaz bir “knopka”li bölsa jarima qöllanilar ekan. Tiş yuvişga alohida stakan, yuviniş xonasiga esa vanna emas, duş örnatgan. Qiziq, ular suvni namunça tejaydi, Orolga emas, okeanga yaqin-ku. Bizda esa suv haliyam “suvtekin”.
Özbekistonda 1 kub metr suv 1048 söm, demak 1 litr suv 1 söm 48 tiyin. Navoiyda 1 kub metr suv uçun 3050 söm tölanadi. Özbekiston uçun “rekord” narx. Lekin... Uyimning derazasidan sal nariroqda suv minorasi bor. Har kuni suv minorasidan tonnalab içimlik suvi toşadi. Suv minora ustidagi maxsus teşikdan toşib tuşmagunça öçirilmaydi. Bu teşik suv tölganini bildiruvçi belgi hisoblanadi, XXI asrdagi “innovatsion ğoya”. Mabodo qorovul uxlab qolgan bölsa, tamom, kerak bölsa bitta mahallaga yetadigan suv isrof böladi. Viloyatda şu kabi minoradan qariyb 400 ta bor. Bitta igna teşigidan bir sutkada 7 litr suv oqişi mumkin ekan. 400 ta suv minorasi trubasidan-çi?
Ilgari qurğoqçilik desa Afrika bolalarini körsatar edik. Agar suvga nisbatan munosabatimiz “suvtekin” şaklida davom etsa, yaqin kelajakda Afrika qurğoqçiligi bizning bolalarimiz boşiga ham tuşadi.
Jonibek Şuhratov,
Navoiy viloyat "Ekonigoh" yoşlar tarğibot markazi koordinatori.













