Eron hukumati qöşimça yoğingarçilik keltirib çiqariş va öta oğir suv inqirozi oqibatlarini yumşatiş uçun bulutlarni ekiş böyiça keng kölamli operatsiyalarni boşladi. Bu haqda sönggi 50 yildagi eng qurğoqçil kuz mavsumi fonida IRNA davlat agentligiga tayanib NP xabar berdi.
Eron meteorologiya taşkilotlari ob-havoni prognoz qiliş milliy markazi ma’lumotlariga köra, butun mamlakat böylab yoğingarçilik darajasi örtaça yillik körsatkiçlarga nisbatan taxminan 89 foizga kamaygan. Bunday keskin pasayiş bu yilgi kuzni yarim asrlik kuzatuvlar uçun rekord darajada quruq qiladi.
Bulutlarni ekiş Urmiya köli hududida maxsus jihozlangan samolyotlar yordamida amalga oşirilgan. Yigirma yil oldin Urmiya köli Yaqin Şarqdagi eng katta köl bölgan va mahalliy iqtisodiyot turizm orqali gullab-yaşnagan. Bugun esa şiddat bilan qurib borayotgan suv havzasining tubi şör tekislikka aylanmoqda, köplab qayiqlar esa quruqlikda zanglamoqda.
Ta’kidlanişiça, tez orada amaliyotlar köl atrofida joylaşgan va Ozarboyjon Respublikasi bilan çegaradoş Şarqiy va Ğarbiy Ozarboyjon viloyatlarida davom etadi.
Bulutlarni «ekiş» texnologiyasi Eronda köp yillardan beri qöllanilmoqda: bulutlarga namlik ajralişi va yomğir şakllanişini rağbatlantiruvçi kimyoviy reagentlar purkaladi.
Beş yildan beri davom etayotgan qurğoqçilik şaroitida uning ahamiyati ayniqsa dolzarblaşdi. Suv omborlari tezda qurib bormoqda, rasmiylar suv iste’molini çeklaşga harakat qilmoqda, aholi esa inqirozni kuçaytirmaslik uçun suvni tejaşga majbur bölmoqda.
Press TV davlat telekanalining xabar berişiça, suv tanqisligi mamlakatning eng yirik şaharlari, jumladan, poytaxt Tehronda ham xavotir uyğotmoqda.
Bulutlarni ekiş böyiça milliy tadqiqotlar markazi rahbari Muhammad Mahdiy Javodiyonzodaning ta’kidlaşiça, operatsiyalar may oyining örtalariga qadar davom etadi - agar ob-havo şaroiti mos kelsa, samolyotlardan ham, dronlardan ham foydalaniladi.
Uning ta’kidlaşiça, Eron öta qurğoqçil iqlimli mintaqada joylaşgan, şuning uçun bulutlarni ekiş faqat yoğingarçilikni köpaytiriş uçun amalga oşiriladi.









