Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston g‘arbidagi ikkita suv ombori butunlay quridi
Buning sababi uzoq davom etgan qurg‘oqchilik va daryodan suv kelishining to‘xtashi ekani aytilmoqda.
Foto: Meteojurnal
Turkmanistonning Bolqon viloyatida Mammetko‘l va Delili suv omborlari butunlay qurib qoldi. Bu haqda «Meteojurnal» xabar berdi.
Buning sababi 2024/2025 yillarning sovuq davrida yog‘ingarchilik miqdorining kamayishi tufayli uzoq davom etgan qurg‘oqchilik va Etrek daryosidan suv kelishining to‘xtashi ekani aytilmoqda.
2024 yil noyabr oyida Mammetko‘l suv omborining umumiy suv sathi 3,26 km², Delili esa 0,2 km² ni tashkil etgan. 2025 yil mart oyiga kelib, Mammetko‘l maydoni 2,5 km² gacha qisqardi, Delili esa deyarli qurib, 0,08 km² ga tushib qoldi.
May oyida Mammetko‘l maydoni 0,65 km² gacha qisqardi, Delili esa butunlay quridi. 2025 yil iyun oyi boshiga kelib, Mammetko‘l suv ombori ham butunlay quridi. Mammetko‘l oxirgi marta 2021 yil oktabr oyida butunlay qurib, 2023 yil avgustiga qadar kuchli suv toshqini uni to‘ldirgunga qadar quruq holda qolgan edi.
Mammetko‘l suv ombori 1964 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, uning to‘la hajmi 20,5 mln kubometr, foydali hajmi 17,9 mln kubometrni tashkil etadi. Delili 1970 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, uning to‘liq va foydali hajmi 5,32 million kubometrga teng.
Etrek meteostansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-noyabr oylarida yog‘ingarchilik faqat fevral va mart oylarida me’yor atrofida bo‘lgan, qolgan oylarda ularning miqdori me’yordan sezilarli darajada past bo‘lgan. Yanvar oyida atigi 1,6 mm, may oyida 1,4 mm yog‘in bo‘lgan. Iyun-avgust oylarida yomg‘ir yog‘magan, kuz ham quruq kelgan.
2025 yil birinchi yarmida yog‘ingarchilik kamayishi tufayli Amudaryo havzasiga kirmaydigan suv havzalari va daryolarda gidrologik qurg‘oqchilik kuchaydi. Bu esa Murg‘ob va Tejyen suv omborlarida suv hajmining keskin kamayishiga olib keldi. Kam suvli Etrek daryosidan to‘yinadigan sun’iy suv havzalari butunlay quridi. Kuzda Amudaryo havzasidagi suv omborlarida ham suv xo‘jaligi holati yomonlashdi.
Mavzuga oid
18:25 / 01.12.2025
Turkmaniston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib plastik pulni muomalaga kiritdi
19:17 / 21.11.2025
Markaziy Osiyo davlatlari diplomlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimni imzolagani rad qilindi
17:31 / 18.11.2025
15 kungacha vizasiz - «Shovot-Toshhovuz» savdo zonasida bo‘lish qoidalari tushuntirildi
18:18 / 17.11.2025