Dushanbeda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollarining muloqoti bo‘lib o‘tdi
Muloqotda mintaqada atrof-muhit bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va genderga oid jihatlarni hisobga olgan holda ularni hal etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish tashabbusi bildirildi.

Foto: Senat.uz
Joriy yilning 14 sentabr kuni Senat raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishiga moslashish sharoitida gender tengligiga erishish” mavzusida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etdi.
Mintaqaviy platforma hisoblangan Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotiga 2020 yil dekabr oyida O‘zbekiston tashabbusi bilan asos solingan. 2021 yilda muloqotga mamlakat raislik qilgan edi.
Yig‘ilishda iqlim o‘zgarishi sharoitida gender tengligiga erishish hamda barcha ayol va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha kelgusi konstruktiv hamkorlikni ta’minlaydigan platforma yaratish hamda dolzarb muammolarning samarali yechimiga qaratilgan strategiya va dasturlarni ishlab chiqish kabi masalalar muhokamalar markazida bo‘ldi. Tomonlar fikrlar, ma’lumotlar va tajriba bilan almashdi.
Senat raisi o‘z so‘zida hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo dunyoning boshqa ko‘plab mintaqalariga qaraganda global iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirini ko‘proq boshdan kechirayotganini, bu o‘z navbatida suv resurslari tanqisligini, muzliklarning erishini va cho‘llanish jarayonlarini tezlashtirayotganini qayd etdi.
“Orol dengizining qurishi va qurigan tubida Orolqum tuzli cho‘lining paydo bo‘lishi mintaqada kompleks ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi. Aynan shu sababli BMT Bosh Assambleyasi Orol fojiasini zamonamizning global ekologik muammosi sifatida tan oldi”, dedi u.
T.Norboyeva Markaziy Osiyo yetakchi ayollar muloqoti faoliyatiga ham to‘xtaldi: “Ushbu tuzilma gender tengligini ta’minlash borasida talab yuqori bo‘lgan takliflarni ishlab chiqishda muhim platformaga aylandi. Qisqa vaqt ichida muloqot, avvalambor, davlatlar rahbarlari, shuningdek, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari, Parlamentlararo ittifoq, ShHT, MDH va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan tan olinib, jiddiy qo‘llab-quvvatlandi”.
Muloqotning ish rejasida mintaqada atrof-muhit bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish va genderga oid jihatlarni hisobga olgan holda ularni hal etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish tashabbusi bildirildi. Gender kun tartibini ko‘p tomonlama formatda ekologik xatarlarni bartaraf etish maqsadida yanada keng ilgari surish, bunda xalqaro moliya institutlari investitsiyalarini jalb qilish taklif qilindi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Eron va Isroilning harbiy salohiyati: kimda qanday qurollar bor?
Jahon | 18:04 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi. 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:21
-
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi
Fan-texnika | 00:30
-
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi
Jahon | 22:44 / 22.06.2025
-
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
Jahon | 22:35 / 22.06.2025
Mavzuga oid

18:54 / 28.05.2025
“Senator so‘rov yubormaguncha pul olib yurilgan” - Tanzila Norboyeva import avtolarga ekosertifikat haqida

20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi

16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

12:20 / 29.04.2025