Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AEXAning 8 nafar inspektori faoliyatini taqiqladi
Bir kun oldin Tehron AEXAning sakkiz nafar inspektori akkreditatsiyasini bekor qildi, agentlik bu tekshiruvlar o‘tkazish qobiliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini bildirdi.
Yevropa Ittifoqi Eronni Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bir necha inspektorlarining akkreditatsiyasini bekor qilish haqidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi, deb xabar berdi AFP 17 sentabr, yakshanba kuni.
Tehron va boshqa mamlakatlar o‘rtasida 2015 yilda imzolangan yadroviy kelishuvni muvofiqlashtiruvchi Bryussel Eron qaroridan «o‘ta xavotirda» ekanini bildirdi. «Ushbu qaror agentlikning tekshirish faoliyatini amalga oshirish qobiliyatiga bevosita va sezilarli ta’sir ko‘rsatishi alohida tashvish uyg‘otadi, bu, jumladan, Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi (QKHR) amalga oshirilishini monitoring qilishga ham tegishli», dedi Yevropa Ittifoqi vakili.
O‘z navbatida, Eron TIV inspektorlar faoliyatining taqiqlanishi AQSh, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniyaning «siyosiy suiiste’mollariga» javob ekanligini aytdi. Jami, OAV xabarlariga ko‘ra, Fransiya va Germaniyadan sakkiz nafar inspektor akkreditatsiyadan mahrum qilingan.
Eron bilan yadroviy kelishuv
2015 yilda AQSh, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya Eron bilan kelishuvga erishdi, Tehron sanksiyalarni yumshatish evaziga yadroviy dasturini cheklashga rozi bo‘ldi. 2018 yilda AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Donald Tramp kelishuvdan chiqib, sanksiyalarni qayta joriy qilgan edi. Tehron bunga javoban yadroviy dasturini faollashtirib, yadroviy qurol ishlab chiqish ambitsiyalari borligini inkor etishda davom etdi. Kelishuvni qayta tiklashga urinishlar hozircha muvaffaqiyatsizlikka uchrayapti.
Eron AEXA inspektorlari uchdan bir qismining akkreditatsiyasini bekor qildi
Bir kun avval Eron AEXAga mamlakatdagi bir nechta agentlik inspektorlarining akkreditatsiyasini bekor qilayotgani haqida xabar bergan edi. Akkreditatsiyasi bekor qilingan ekspertlar Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaning (YaQsh) kafolatlar to‘g‘risidagi bitimi doirasida tekshiruv o‘tkazgan. AEXA ta’kidlashicha, chaqirib olingan barcha xodimlar «boyitish texnologiyalari sohasida noyob bilimga ega» agentlik mutaxassislari bo‘lgan.
«Bugungi qaror bilan Eron agentlikning eng tajribali inspektorlaridan iborat tayinlangan asosiy guruhning uchdan bir qismini amalda ishdan chetlatdi», deya ma’lum qildi AEXA. Ta’kidlanishicha, bu harakatga YaQsh kafolatlari to‘g‘risidagi kelishuv tomonidan rasman ruxsat berilgan bo‘lsa-da, bu «AEXAning Eronda o‘z tekshiruvlarini samarali o‘tkazish qobiliyatiga bevosita va jiddiy ta’sir ko‘rsatadi».
Mavzuga oid
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026