Cerberus O‘zbekistonga investitsiya kiritishni rejalashtiryapti
Investitsiya korporatsiyasi kommunikatsiyalar tarmog‘i, foydali qazilmalarni qazib chiqarish, transport va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar yo‘naltirishni rejalashtirgan.
Nyu-York shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Cerberus kompaniyasi vitse-prezidenti Brayan Xuk bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Aktivlari qiymati 60 milliard dollardan ziyod bo‘lgan global investitsiya korporatsiyasi kommunikatsiyalar tarmog‘i, foydali qazilmalarni qazib chiqarish, transport va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar yo‘naltirishni rejalashtirgan.
Vitse-prezident Brayan Xuk ilk hamkorlik loyihalari joriy yilning oxiriga qadar boshlanishini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
00:02 / 01.01.2025
Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni yangi yil bilan tabrikladi
17:38 / 28.12.2024
Prezident Yangi Toshkentdagi ilm va ta’lim maskanlari qurilishi bilan tanishdi
16:19 / 28.12.2024
Yangi Toshkentda vazirlik va idoralar ishini tashkil etish uchun vaqtinchalik ma’muriy binolar qurilmoqda
16:16 / 24.12.2024