01:17 / 19.09.2023
38012

«Navbahor» safarda «Al Hilol» bilan bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Saudiyaliklar safida Neymar, Nevesh, Malkom va Mitrovich kabi yulduzlar harakat qildi.

Foto: Al Hilol

Osiyo Chempionlar Ligasida D guruhida 1-tur bahslari o‘tkazildi. 

Turnirdagi debyutini o‘tkazayotgan Namanganning «Navbahor» klubi qit’aning 4 karra chempioni, tarkibida Neymar, Nevesh va Mitrovich kabi yulduzlarni jamlagan «Al Hilol» bilan durang qayd etdi. 

52-daqiqada Abror Ismoilov ajoyib reyd amalga oshirdi va Toma Tabatadzeni birga-bir vaziyatga chiqardi, gurjistonlik hujumchi esa hisobni ochdi.

Bellashuv «lochinlar» g‘alabasiga qarab ketayotgandi, ammo hakam to‘xtalishlar uchun 14 daqiqa qo‘shib berdi va mezbonlar 90+10-daqiqada to‘p kiritib mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi. 

Guruhning ikkinchi o‘yinida Eronning «Nassaji Mozandaron» jamoasi Hindiston chempioni «Mumbay Siti»dan ustun keldi. 

2-turda Samvel Babayan boshqaruvidagi «Navbahor» Mumbay klubini qabul qiladi. Bellashuv 3 oktyabr kuni o‘tkaziladi. 

OChL. D guruhi. 1-tur. 18 sentabr
Al-Hilol – Navbahor 1:1

18 sentabr. Ar-Riyod shahri. «Qirol Fahd» stadioni.
Gollar: Ali Al Bulayhi (90+10) — Toma Tabatadze (52). 
Hakamlar: Muhammad Abdulla Hasan, Muhammad Ahmad Al Hammadi, Hasan Muhammad Al Mahri, Sulton Muhammad Al Hammadi (barchasi BAA).
Nazoratchi: Viktor Kolpakov (Qirg‘iziston).
Komissar: Bashir Abdul Xoliq (Livan).
Al Hilol — Muhammad Al Ovays, Ali Al Bulayhi, Salmon Al Faraj (Muhammad Kanno, 74), Ruben Nevesh (Abdulla Al Hamdan, 89), Aleksandar Mitrovich, Neymar, Yosir Ash Shahroni (Nosir Ad Dovsari, 74), Saud Abdulhamid (Muhammad Al Burayk, 89), Malkom, Hasan At Tambakti, Mikael Oliveyra.
Navbahor — O‘tkir Yusupov, Milosh Milovich, Ibrohim Yo‘ldoshev (Luka Chermel, 83), Oston O‘runov, Jamshid Iskanderov, Filip Ivanovich, Jamshid Boltaboyev, Abror Ismoilov (Temurxo‘ja Abduholiqov, 70), Igor Golban, Asad Sobirjonov (Doniyor Abdumannopov, 54), Toma Tabatadze (Jasur Yaxshiboyev, 83).
Ogohlantirishlar: Filip Ivanovich (28), Neymar (60), Abror Ismoilov (60). 

Mumbay Siti (Hindiston) — Nassaji Mozandaron (Eron) 0:2
Gollar:
Husayni (34), Ozodi (62).

Top