F guruhi

Mbappening beş öyindagi sakkizinçi goli va «Nyukasl»ning Milandagi bardoşi

«PSJ» — «Borussiya» D 2:0
Gollar: Mbappe (49, penalti), Hakimi (58). 
PSJ – Donnarumma, Hakimi, Markinos, Şkrinyar, Ernandes, Danilu Pereyra, Ugarte, Vitinya (Li Kan In, 80), Zair-Emeri, Dembele, Mbappe, Kolo-Muani (Gonsalu Ramuş, 80).
Borussiya D – Kobel, Hummels, Zyule, Şlotterbek, Ryuerson, Volf (Bensebayni, 78), Zabitser (Nmeça, 14), Jan (Bayno-Gittens, 76), Brandt (Roys, 62), Malen (Fyullkrug, 62), Adeyyemi. 
Ogohlantirişlar: Şlotterbek (66), Jan (67).

Çempionlar ligasining birinçi kunida çinakamiga top-töqnaşuvlar yöq edi, lekin nisbatan nomdor jamoalarning özaro uçraşuvlari topilardi. Parijdagi «Park de Prens» stadionida «PSJ» Dortmundning «Borussiya» klubini qabul qildi. Bir neça yil oldin bu juftlik katta rezonans keltirib çiqargan bölardi, ammo sönggi bir neça transferlar oynasi içida Parijni Messi va Neymar tark etdi, Dortmunddan esa Holand, Sanço va Bellinghem kabi jamoalar yuqori çöqqilarni zabt etiş uçun yöl oldi. Şunga qaramay, haqiqiy futbol ixlosmandlari uçun bu öyinda intriga bor edi.

Nemislarda tarkib böyiça muammolar yuzaga kelgan: Bellinghem ham boşqa çempionatga ötib ketganidan keyin jamoada yorqin nomlar deyarli qolmadi (faqat Adeyyemi va Malenning öyini qiziqiş uyğotişi mumkin), qolaversa, «Borussiya» yangi mavsumni ham juda kuçsiz boşladi — «Bohum» va «Haydenhaym» kabi autsayderlar bilan duranglar, «Kyoln» bilan öyindagi bazör qozonilgan ğalaba jamoa uçun işonçni barbod qildi. «Asalarilar» törtinçi turga kelib «Frayburg»dan uç oçko olgani (4:2) jamoaga işonçni qaytargan bölişi mumkin, ammo bu öyinda Edin Terziç jamoasi raqib safidagi futbolçi qizil kartoçka olganidan keyin ustunlikni qölga olgandi.

Bunday şaroitda «PSJ» — yaqqol favorit bölib körinardi. Ammo Luis Enrikeda ham yangi kampaniya startida muammolar yuzaga keldi: Asensio va Kimpembe jarohat oldi, Mendeş va Mukiyele hali tiklana olmadi, Usmon Dembele kutilganidek öyin körsatmayapti (tört öyinda birorta gol yoki golli pas muallifi bölmadi). Natijalar ham katta taassurot qoldira olmaydi — «Loryan» va «Tuluza» bilan öyinlarda duranglar, «Lion» va «Lans» bilan öyinlarda ğalaba va kutilmaganda «Nitssa»dan uçralgan mağlubiyat. Hozirça barça umid Mbappedan, u barça uçraşuvlarda yuqori darajadagi formasini namoyiş etib, startdagi tört öyinida yetti gol urişga ulgurgandi (birinçi turda tuşirilmagan).

Jamoalarning boşlanğiç tarkibiga qarab ham öyin qanday yönalişda ketişi tuşunarli edi. Terziç uç markaziy himoyaçi - Zyule-Hummels-Şlotterbek - bilan himoyani ziçlaştirdi, maydon markazida ham Zabitser-Jan-Brandt uçligi (birinçisi tezda jarohat olib, örnini Nmeçaga böşatib berdi) harakatlandi, oldingi çiziqda esa Adeyyemi-Malen juftligi tuşirildi. Ilk daqiqalardanoq «Borussiya» öz jarima maydoni hududida himoyalanişga ötdi, birinçi bölimda vaqti-vaqti bilan qarşi hujumlarga ötib turilgan bölsa-da, keyin butkul himoyaga yotişdi va taşabbusni töliq mezbonlarga topşirişdi. Mehmonlar maydonning ikkinçi qismida ham bosim uyuştirişga harakat qilgan bölsa-da, asosiy e’tibor fransuzlarga qanotlarda böş hududlar qoldirmaslik va ularni faqat uzun uzatmalarga tayanişga majbur qilişga qaratildi, bu holatda baland böyli himoyaçilar uzatmalarni osonlik bilan qaytarişiga işonç bildirilgandi.

Luis Enrike öyinni özi uçun klassik, töpga egalik qilişda eng yaxşi tanlov bölgan 4-3-3 sxemasida boşladi, ammo bunda ayrim qiziqarli detallar kiritilgandi. Masalan, hujum triosi juda qiziqarli işladi — Dembele muntazam ravişda qanotlarni almaştirib öynadi (holbuki u öng qanotda öynaşga ixtisoslaşgan), Mbappe muntazam ravişda markazga köçdi va Kolo-Muani bilan juftlik hosil qildi, bu vaqtda esa çap qanotda uning örnini markaziy yarimhimoyaçi Vitinya egallab turdi. Parijliklar keskin vaziyatlarni asosan öng qanotda yaratişdi, Dembele, Zair-Emeri va Hakimi birtepar usulda kombinatsiyalar uyuştirib, ziç himoyadan ötişga harakat qilişdi. Bu iş berdi — Vitinyada hisobni oçiş uçun ajoyib imkoniyat paydo böldi, ammo uning zarbasidan keyin töp ustunga tegib maydondan çiqib ketdi.

«PSJ»ning yangi boş murabbiyi hali kombinatsion öyinni ideal darajaga olib çiqmagani «Borussiya»ning foydasiga işladi. Mbappening harakatlari keskin çiqqan bölsa ham, Kilian jamoa öyinidan uzilib qolgandek tuyulardi. Birinçi bölimda zarbalar böyiça 11:3, töpga egalik qiliş böyiça 72:28 nisbati qayd etilgan bölsa-da, bu dortmundliklar parijlik yulduzlar hujumiga doş berganini emas, köproq mezbonlarning öyini yaxşi çiqmagani tufayli böldi.

Ammo ikkinçi bölimda «PSJ» baribir maqsadga erişdi. Tanaffusgaça ham töp bir marta jarima maydoni içida Zyulening qöliga tekkandi, ammo arbitr Xesus Hil Mansano nuqtani körsatmagandi. 47-daqiqada esa uşbu himoyaçi yana bir bor öz darvozasi yaqinida töpni qöl bilan öynadi va bu safar VAR hakamlari işorasidan keyin ispaniyalik hakam 11-metrli jarima zarbasini belgiladi. Mbappe töpga yaqinlaşdi va Kobelga imkoniyat qoldirmadi.

Ötkazib yuborilgan goldan keyin «Borussiya» nisbatan faollaşdi, ammo penaltidan 10 daqiqa ötib ikkinçi gol ötkazib yuborildi. Hakimi Vitinya bilan devor uslubida öynab, qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va bir harakat bilan tajribali Hummelsni gazonga yotqizib, butsasining taşqi qismi bilan qaytarib bölmas zarba yölladi.

Şundan keyin Dortmund jamoasida öyinni qutqariş uçun deyarli heç qanday imkon qolmadi. Terziç tajribali hujumçi Fyulkrug va yoş angliyalik Bayno-Gittensni maydonga taşladi. Ammo bu öyin kartinasiga jiddiy ta’sir körsatmadi, faqat angliyalik futbolçi 79-daqiqada jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbasi bilan ustunni titratdi.

Öz navbatida, «PSJ» kuç tejab öynagan holda öziga kerakli natijani saqlab qoldi (lekin Mbappeda öyin oxirida dubl qayd etiş imkoniga ega böldi). 2:0 va guruh yetakçiligi — Luis Enrikedan 1-turdan keyin kutilgan natija. «Borussiya» esa keyingi öyinlarda faqat köpçilik bölib himoyalanişi emas, hujumda ham nostandart harakatlar amalga oşirişi kerak.

«Milan» — «Nyukasl» 0:0
Milan – Menyan (Sportiyello, 81), Kalabriya (Florensi, 46), Tomori, Tiav, Ernandes, Kruniç, Loftus-Çik (Musa, 72), Pobega (Reynders, 61), Leau, Çukvueze (Pulişiç, 61), Jiru.
Nyukasl – Poup, Trippiyer, Şer, Botman, Bern, Gimaraes, Longstaff, Tonali (Anderson, 72), Myorfi (Uilson, 63), Gordon (Almiron, 63), Isak.
Ogohlantirişlar: Kalabriya (40), Şer (49), Musa (82), Jiru (83), Kruniç (89).

Bir qaraşda, «Milan» — «Nyukasl» viveskasi Çempionlar ligasiga xos körinmaydi. Italiyaliklarning bu turnirdagi eng yaxşi damlari asr boşida qolib ketgan (ötgan mavsumda yarimfinalgaça yetib borganiga qaramay), angliyaliklar esa asosiy yevrokubokda 20 yil içida ilk bor qatnaşmoqda. Lekin bu yuzaki köriniş — bu uçraşuvda intriga yetarliça edi.

Birinçidan, «Nyukasl» YeÇLda tasodifiy mehmon emas. «Qarğalar» jiddiy loyiha qurişmoqda, jamoa öz harakatlari bilan dunyoning eng kuçli ligasida kuçli törtlikka kira oldi — va bu jamoaning katta turnirdagi iştirokini kuzatiş qiziqarli edi.

Ikkinçidan, «Milan» yangi davrni boşlagan. Jamoani Çempionlar ligasi favoriti deb hisoblaş qiyin («Bavariya» yoki «Real» kabi), ammo autsayder deb ataş ham qiyin. Rossonerilar hurmat qozoniş uçun kuraşmoqda va ularning turnirdagi qatorasiga uçinçi iştiroki — katta voqea.

Şu bilan birga, «Milan»ni hozirda yaxşi formada deyiş qiyin. Jamoa YeÇL öyinidan uç kun oldin «Inter» bilan derbida yirik hisobda yutqazgandi — qöşnilar raqibini 5:1 hisobida tor-mor etişdi. Pioli şogirdlari prinsipial raqibga bir yil içida beşinçi bor (va qatorasiga) mağlub bölişdi.

Angliyaliklarda ham işlar bir tekisda emas — jamoa yangi mavsum startida qatorasiga uç öyinda yutqazdi, töğri, ularga bu öyinlarda juda kuçli raqiblar töqnaş kelgandi. Hau şogirdlari APLning 2-turida «Siti» bilan, 3-turda — «Liverpul» bilan uçraşgandi. Lekin dam oliş kunlarida jamoa baribir «Brentford» qarşiligini yenga olgandi (1:0).

Bu öyinning dastlabki 25 daqiqaligida esa «Milan» mehmonlarni köz oçirmadi. «Nyukasl»da amalda darvozabon Nika Poupdan boşqa futbolçilar töp bilan muomila qilmadi. Mehmonlar posboni yarim bölim içida olti bor seyv amalga oşirişiga töğri keldi.

37-daqiqaga kelib zarbalar böyiça hisob butkul noodatiy köriniş oldi – 15:0. Bu zarbalar maydondagi ön futbolçidan sakkiz nafari tomonidan yöllangan. Bölim oxiriga yaqinlaşganda mezbonlar şunçalik özini erkin his qilişdiki, tomoşabinlar uçun öynaşga tuşib ketişdi. Xususan, Rafael Leao tovoni bilan gol urişga harakat qilgan bölsa, Jiru — qayçi uslubida zarba yöllab kördi va bu voqealar bir neça daqiqa farq bilan röy berdi. «Nyukasl» futbolçilariga faqat hamdardlik bildiriş mumkin edi — ular tanaffusga zarbalar böyiça 2:17 statistikasi bilan yöl olişdi.

Ikkinçi bölim ança mö’tadil boşlandi. Italiyaliklar biroz çarçagan, angliyaliklar esa oldinga taşlanişga şoşilmasdi — şunga qaramay, ikki tomon ham hujumlar qilib turdi. Ammo endi köp hollarda iş zarbagaça yetib bormasdi, natijada murabbiylar yangi futbolçilarni maydonga taşlaşni boşladi. Pioli Reynders va Pulişiçni, Hau — Almiron va Uilsonni tuşirdi, futbolçi almaştirişlardan keyin yana «Milan» öyinni kuçaytirdi va zarbalar berila boşlandi.

Şu bilan birga, rossonerilarda muammolar ham paydo böldi. Ammo ularni «Nyukasl» yaratmadi (mehmonlar ustozi asosiy e’tiborni himoyalanişga qaratgandi). Avvaliga Loftus-Çik 72-daqiqada muşaklarini şikastlab olib, almaştirişni söradi. Ammo eng yoqimsiz holat 80-daqiqada töğri keldi, asosiy darvozabon Menyan ham majburan almaştirildi. 

Yakuniy 10 daqiqalik ança xotirjam keçdi. «Nyukasl» futbolçilari hakam huştagi çalinişini kutib öynaşdi. «Milan» futbolçilarida esa kuç tugadi va ularning barça zarbalari besamar ketdi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalar oxirida esa «qarğalar» öyin davomidagi eng xavfli vaziyatini yaratdi, ammo töp biroz yuqoridan ötib ketdi.

«Milan» bu öyini bilan faxrlana olmaydi — zarbalar böyiça 26:6 (darvoza sohasiga aniq berilgan zarbalar böyiça 8:1) statistikasida birorta gol ura olmaslikdan uyalsa ham böladi. «Nyukasl» esa, aftidan, natijadan rozi — inglizlar «San-Siro»dan bir oçko olib qaytdi. Ammo inglizlar «Borussiya» va «PSJ» ham bor guruhda bunday uslub bilan nimaga erişmoqçi bölayotganini tuşuniş qiyin.

4 oktyabr. Nyukasl — PSJ, Borussiya D — Milan.

G guruhi

Syurprizlarsiz

«Mançester Siti» — «Tsrvena Zvezda» 3:1
Gollar: Alvares (47, 60), Rodri (73) — Bukari (45). 
Mançester Siti – Ederson, Uoker, Ake, Diaş (Lyuis, 83), Gomes (Akanji, 58), Silva (Doku, 44), Rodri (Fillips, 83), Foden (Bobb, 83), Nuneş, Holand, Alvares.
Tsrvena Zvezda – Glazer, Dragoviç, Rodiç, Jiga, Mitroviç (Luçiç, 78), Ivaniç (Olayinka, 68), Hvang In Bom (Kangva, 83), Stameniç, Miyayloviç, Bukari (Degenek, 83), Ndiayye (Krasso, 68).
Ogohlantirişlar: Rodri (24), Rodiç (32), Diaş (56), Stameniç (82).

Amaldagi çempionlar kubokni himoya qilişni turnir tarixidagi eng paradoksal bölim bilan boşlaşdi. 22 zarba (Holandning zarbasi tösinga tekkani statistikaga kirmagan), raqib jarima maydoni içida töp bilan 41 marta muomila qiliş — va heç qanday natija yöq. Ilk daqiqalardanoq avtobus qöyib öynagan «Tsrvena Zvezda» esa birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda hisobni oçişga erişdi. Vaziyatga VAR aralaşib, Bukarida ofsayd qayd etgan laynsmenning xatosini tuzatdi.

Bölim bunday yakunlanişi «Man Siti»ning ğazabini keltirdi va ikkinçi bölim boşlanişi bilan Holand Alvaresni darvozabon bilan yakkama-yakka holatga çiqardi. Keyin esa argentinalik futbolçi çap qanotdan oşirgan töp darvozabonning qöpol xatosi tufayli darvoza töriga borib tuşdi. Isroillik darvozabon Glazer töpni muştlari bilan urib yubormoqçi bölgandi, ammo töpga yeta olmadi. Öyin davomida juda köp zarbalarni (37) bartaraf etiş bilan maşğul bölgan  darvozabon baribir xatoga yöl qöydi. Öyin mantiqiy hisob bilan yakun topdi, lekin «Zvezda»ga intriga uçun minnatdorçilik bildiriş kerak.

«Yang Boyz» — «Leypsig» 1:3
Gollar: Meşak (33) — Simakan (3), Şlager (74), Şeşko (90+2). 
Yang Boyz – Raçoppi, Janko (Blum, 69), Benito, Kamara, Amenda, Garsiya (Persson, 77), Lauper (Males, 77), Ugriniç, Niyasse (Nsame, 85), Elia, Itten (Ganvula, 70).
Leypsig – Blasvix, Henriks, Lukeba, Simakan, Raum, Simons (Verner, 88), Forsberg (Baumgartner, 80), Kampl, Şlager, Poulsen (Şeşko, 64), Openda (Lens, 88).
Ogohlantirişlar: Benito (45), Kampl (55), Lauper (61), Simons (67), Blum (77), Forsberg (79), Simakan (90).

Guruhdagi boşqa bir favorit «Leypsig» öz uslubida boşladi. Tezkor gol urildi, ammo nemislarga muvaffaqiyatni rivojlantirişga yöl qöyilmadi. «Yang Boyz» özining sun’iy qoplamali maydonida barça uçun xavfli raqib sanaladi va şveysariyaliklar buni isbotlaşdi, Elia favqulodda qaror qabul qilib, töpni oyoqlari uçi bilan darvoza töriga joyladi. Keyin esa bu futzalça nomer uning jamoadoşi tomonidan ham takrorlandi va bu yana xavfli çiqdi.

Marko Roze jamoasidan esa omad yuz ögirgandek körinardi. Çavi Simons jarima maydoni içida yiqilganida penalti belgilaş örniga, simulyatsiya uçun sariq kartoçka berildi, Şeşkoning goli esa kiçik ofsayd tufayli bekor qilindi. Ammo yakunda Şlagerning zarbasi barçasini hal qildi — töp futbolçilar orasidan ötib darvoza burçagiga aniq borib tuşdi. Şeşko esa öyinga yakuniy nuqtani qöydi. Sloveniyalik hujumçi 20 yoşu 11 kunligida «Leypsig»ning asosiy yevrokubokda gol urgan eng yoş futbolçisiga aylandi.

4 oktyabr. Leypsig — Mançester Siti, Tsrvena Zvezda — Yang Boyz.

N guruhi

Kök-anorranglilarning rekordlari kuni

«Barselona» — «Antverpen» 5:0
Gollar: Feliks (11, 66), Levandovski (19), Betay (22, avtogol), Gavi (54). 
Barselona – ter Stegen, Joau Kanselu (Roberto, 76), Kristensen, Kunde, Balde, Gundöğan, de Yong (Romeu, 58), Gavi (Lopes, 58), Rafinya (Ferran Torres, 68), Feliks (Yamal, 68), Levandovski.
Antverpen – Byute, Batay (Kerk, 74), Alderveyreld, Kulibali, Veyndal, Keyta, Ekkelenkamp (Yusuf, 61), Vermeren, Muya (Valensiya, 83), Balikvişa (de Lat, 61), Yanssen (Ilenikena, 60).
Ogohlantiriş: Gavi (36).

Xavining sobiq jamoadoşlari — «Antverpen» boş murabbiyi Mark van Bommel va Belgiya klubi sport direktori Mark Overmars — bilan iliq uçraşuvi kök-anorranglilar muxlislarida nostalgiya uyğotgani aniq. Ammo öyin boşlanganidan keyin «Barsa» mehmonlarni ayab ötirmadi. 22-daqiqa içida uç gol — kök-anorranglilarda YeÇLda bunday kuçli debyut ön beş yildan buyon kuzatilmagandi. Öşanda, 2008/09 yillar  mavsumida Gvardiola boşqaruvidagi kataloniyaliklar asosiy sovrinlarni qölga kiritgandi.

Bu öyinda ayniqsa bolaligidagi orzusi bölgan jamoada öynay boşlagan Joau Feliks jonbozlik körsatdi. Portugaliyalik futbolçi hujum uçligining çap qanotida özini juda qulay his qilmoqda. Diyego Simeonening qat’iy sxemalaridan keyin u nihoyat erkinlikka erişdi va özining ijodkorlik imkoniyatlaridan bahra olib öynamoqda. Fintlar bilan himoyaçilarning boşini aylantiriş va töpni kuçli zarba bilan yaqin burçakka kiritib yuboriş kerakmi? Marhamat! Şunga öxşaş nomer ijro etib, yakunda töpni olis ustun oldida turgan Levandovskiga oşiriş kerakmi? Bu uning uçun oson!

Şu tariqa, Feliks polşalik töpurar Kriştianu Ronaldu va Lionel Messi ortidan yevrokuboklarda 100 gol urgan uçinçi futbolçiga aylanişida öz hissasini qöşdi. Levi 34 yoşu 260 kunligida «Barsa» uçun YeÇLda gol uriş orqali Jyerar Pikening ham rekordini yangiladi. Qolaversa, zaxiradan maydonga tuşgan Yamal (16 yoşu 68 kunlik) kataloniyaliklar safida YeÇLda öynagan eng yoş futbolçi böldi. Ammo u Yevropa rekordini örnata olmadi, çunki «Borussiya» forvardi Mukokoning natijasi ikki oyga yaxşiroq.

«Şaxtyor» — «Portu» 1:3
Gollar: Kelsi (13) — Galeno (8, 15), Torimiy (29).
Şaxtyor – Riznik, Konoplya (Goçoleyşvili, 76), Rakitskiy, Lemkin (Azarov, 65), Dismas, Stepanenko (Kaşçuk, 65), Nazarina, Sudakov, Zubkov, Sikan (Eginaldo, 81), Kelsi (Bondarenko, 65).
Portu – Koşta, Joau Mariu (Sançes, 73), Pepe, Karmu, Sanusi (Vendell, 46), Andre Franku (Gonsalu Borjyeş, 82), Euştakiu, Hayme (Niko Gonsales, 73), Varela, Galeno, Torimiy
Ogohlantirişlar: Karmu (4), Sikan (6), Stepanenko (31), Mariu (54), Konoplya (76).

«Portu» startda jiddiy muammosiz uç oçkoni qölga kiritdi va raqibning javob goli heç qanday muammo tuğdirmadi. Dastlab qaytgan töpga zarba berib hisobni oçgan Galeno raqib javobidan ikki daqiqa ötib ikkinçi golini ham urdi va «ajdarlar»ga hisobdagi yetakçilikni qaytardi. Braziliyalik futbolçi ikki golidan taşqari Torimiyning golida assistentlik ham qildi.

4 oktyabr. Portu — Barselona, Antverpen — Şaxtyor.

E guruhi

Simeone uçun şok

«Latsio» — «Atletiko» 1:1
Gollar: Provedel (90+5) — Barrios (29). 
Latsio – Provedel, Maruşiç, Gabarron, Romanioli, Pellegrini (Ladzari, 38), Luis Alberto, Vesino (Kataldi, 76), Kamada (Genduzi, 62), Felipe Anderson (Isaksen, 62), Dzakkani (Pedro, 76), Immobile.
Atletiko – Oblak, Molina, Saviç, Ermoso, Vitsel (Korrea, 75), Saul, Liorente, Barrios (Ximenes, 46), Lino (Rikelme, 79), Grizmann, Morata.
Ogohlantirişlar: Grizmann (26), Lino (67), Gabarron (84), Immobile (84), Korrea (90+4). 

Qur’adan keyin bu guruh «Atletiko» va boşqalardan iborat ekani aytilgandi. Rimdagi öyin boşlangaç, madridliklar «Olimpiko»da yiğilganlarni yaqqol kuçsiz körinayotgan «Latsio» futbolçilariga huştakbozlik qilişga majbur edi. Rimliklar darvozaboni öz futbolçisi orqali yönalişni özgartirgan töp qarşisida ojiz qoldi.

Barrios 20 yoşu 96 kunligida «matrasçilar» safida YeÇLda gol urgan eng yoş futbolçi böldi. Oldingi rekordçi Saul ham şu kuni maydonda edi. Mehmonlarning yana bir hujumi rikoşet orqali ustunga bordi, şundan keyin ispanlar asta-sekinlik bilan taşabbusni topşira boşladi. Lekin Simeone jamoasi uçun bu heç qanday qörqinçli holat emasdi.

Final huştagi çalinişiga juda oz vaqt qolganida esa maydonda aql bovar qilmas işlar bölib ketdi va darvozabon Provedel boş bilan yöllagan zarbasi orqali Rimni mağlubiyatdan qutqarib qoldi. Provedel 15 yoşiga qadar hujumçi ampluasida öynagandi va bu unga gol urişda qöl keldi. E’tiborli jihati, u bir neça yil muqaddam V Seriyada ham 90+5-daqiqada gol urib, öşa vaqtdagi jamoasi «Stabiya»ni mağlubiyatdan qutqarib qolgandi. 29 yoşli 2009 yildan keyin Çempionlar Ligasida gol urgan birinçi (tarixdagi beşinçi) darvozabonga aylandi. Şu vaqtgaça YeÇLda darvozabonlar faqat penaltidan gol urişgan: Hans-Yorg Butt uç marta («Bayyer» va «Bavariya»), Dimitar Ivankov («Levski») ikki marta, şuningdek, Sinan Bolat («Standard») va Vinsent Enema («Hapoel») bir martadan.

«Feyyenoord» — «Seltik» 2:0
Gollar: Stengs (45+2), Jahonbaxş (76). 
Aniq ijro etilmagan penalti: Payşao (65). 
Feyyenoord – Vellenroyter, Gertryuyda, Trauner, Gansko, Hartman, Sauer, Ivanuşets, Timber (Zerruki, 73), Viffer, Stengs, Igor Payşao (Jahonbaxş, 67), Minte (Lingr, 68).
Seltik – Hart, Jonston, Skeylz, Lagerbilke, Teylor, Makgregor, ÖRayli (Paulu Bernardu, 82), Atate (Holm, 58), Palma (Hyong Çung, 58), Maeda (O Hyong Gu, 82), Furuhasi (Ivata, 67).
Ogohlantirişlar: Lagerbilke (31), Makgregor (36), Timber (56).
Çetlatişlar: Lagerbilke (63), Holm (68).

Rotterdamdagi öyin «Feyyenoord»ning yaqqol ustunligi bilan ötdi, birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Stengs jarima nuqtasidan ajoyib zarba yöllab, bu ustunlikni golga aylantirdi. Ikkinçi bölimda Jo Hart Igor Payşaoning penaltidan yöllagan zarbasini qaytargan bölsa-da, «Seltik»da mağlubiyatdan qutuliş uçun imkon yöq edi. 11-metrlik jarima zarbasi belgilanganda şotlandlar futbolçisi maydondan çetlatilgandi, köp ötmay jamoaning yana bir fubolçisi qizil kartoçka oldi, töqqiz kişi bölib qolgan mehmonlar ikkinçi golni ham ötkazib yuborişdi. Mezbonlar ğalabasi esa jamoaning xorvatiyalik futbolçisi Ivanuşetsning jarohati tufayli biroz xira tortdi, u maydonni zambilda tark etdi.

4 oktyabr. Atletiko — Feyyenoord, Seltik — Latsio.