Jahon | 14:44 / 22.09.2023
17761
6 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bo‘ylab raketa zarbalari oqibatlari va Baxmut atrofidagi askarlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 575-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya armiyasi Ukraina Cherkasi, Xarkiv, Rivne, Lviv va Kiyev oblastlari bo‘ylab raketa zarbalari yo‘lladi. Jami 18 kishi jarohat olgan, halok bo‘lganlar yo‘q.
  • RF qo‘shini shu kuni Xersonni ham o‘qqa tutgan. Oblast prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lib, besh kishi yaralangan.
  • RF mudofaa vazirligi Rossiyaning bir qancha regionlari va Qrimda 22 ta uchuvchisiz uchar qurilma urib tushirilgani to‘g‘risida xabar berdi. Orlov oblastida dronlar neft bazaga hujum qilgan.
  • Volodimir Zelenskiy Vashingtonda Jo Bayden bilan uchrashdi. AQSh prezidenti Ukraina uchun 325 million dollarlik yangi harbiy yordam paketi haqida e’lon qildi.
  • «Vajniye istorii» va Conflict Intelligence Team (CIT) tadqiqot guruhi aniqlashicha, rossiyalik safarbar qilingan askarlar Ukrainaga yetib kelganidan keyin o‘rtacha 4,5 oy ichida halok bo‘lmoqda.

Kun kadri. Rossiya armiyasining Yangi Arbatdagi reklamasi

Yangi Arbatda shartnoma asosida armiyada xizmat qilishga chaqirilgan reklama ekrani
Nataliya Kolesnikova / AFP / Scanpix / LETA

Kun voqeasi. Ukraina bo‘ylab yangi yopirilma zarba

21 sentabr tongida Rossiya qo‘shini Ukrainaning besh oblasti — Cherkasi, Xarkiv, Rivne, Lviv va Kiyev oblastlari, shuningdek, Kiyev shahrining o‘zini o‘qqa tutdi. Cherkasida raketa ichida 23 kishi bo‘lgan mehmonxonaga kelib tushgan. Bozordagi savdo qatorlari yonib ketgan — tinch aholi vakillaridan yetti kishi jarohat olgan. Xarkivda fuqarolik infratuzilmasi shikastlangan, omborxona vayron bo‘lgan — ikki kishi yaralangan. Rivne shahrida zarbalar energetika va fuqarolik infratuzilmalariga kelgan — jabrlanganlar yo‘q.

Lviv oblasti Drohobich shahrida sanoat korxonasi sexlaridan biri yonib ketgan, omborxona vayron bo‘lgan — jabrlanganlar to‘g‘risida xabar berilmagan. Kiyev oblastida korxona hududida yong‘inlar ro‘y bergan, xususiy turar joy sektorida shikastlanishlar qayd etilgan — ikki kishi yaralangan.

Kiyev shahrining qator rayonlarida obektlar shikastlangan, ular qatorida Pepsi zavodi va ma’muriy bino ham bor, elektr ta’minotida uzilish yuzaga kelgan. Shaharda yetti kishi jarohat olgan, jumladan to‘qqiz yoshli qizcha ham.

Xarkivdagi xususiy turar joy sektorida ishlayotgan qutqaruvchilar
Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA
Cherkasida yarador kishini zambilga solayotgan tez yordam xodimlari. Foto: Ukraina FVDX
Cherkasida rossiyaliklar raketasidan shikastlangan mehmonxona binosi
Cherkasi oblasti harbiy ma’muriyati rahbari telegram-kanali
Kiyevda yonib ketgan avtomobil
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevda Rossiya raketalaridan biri tushgan joy
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Kiyevlik ayol mushugi bilan raketa zarbasidan keyin
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainaning vayron bo‘lgan shahrining Humvee oynasidan ko‘rinishi

Bu kadrlar polshalik fotosuratchi Voysex Gjyedzinskiy AQSh tomonidan ukrain qo‘shiniga berilgan Humvee armiya furgoni ichidan turib olingan. U front yaqinidagi Orixiv shahri va Novodanilovka qishlog‘i (Zaporijjya oblasti) ko‘chalari bo‘ylab o‘tgan hamda janglar va otishmalardan qolgan vayrongarchiliklarni kamerasiga muhrlagan.

Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images
Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images
Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images
Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images

Baxmut atrofidagi ukrain askarlari hayoti

Ukrainalik Donetsk oblasti Baxmut shahri yaqinidagi harbiy pozitsiyadagi blindajda. 15 sentabr kuni Ukraina QK Baxmutdan 10 kilometr masrfala joylashgan Andriyivka qishlog‘ini egallagandi. Qo‘shni Kleshchiyevka uchun janglar davom etmoqda.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik jangchi oldingi chiziqda taom tayyorlamoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchilar rossiyalik dron uchayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan osmonga qaramoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy BM-21 «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimini tekshirib ko‘rmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Urush faxriylarining reabilitatsiya jarayoni

Xarkivdagi ot sporti o‘quv markazida ukrainalik askarlar jarohatdan keyingi stress buzilishi (PsR), trevoga va depressiyadan tuzalish uchun ippoterapiya kurslarini o‘tamoqda.
Ozge Elif Kizil / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid