Bu dunyoda eng kuçli muhabbat onaning farzandiga bölgan muhabbatidir. Onalar öz bolalari uçun har qanday maşaqqatlarga, hayot sinovlariga doş berişga tayyor turadi.

Germaniyada yaşovçi ayol Marianna Baxmayyer ham pedofil tomonidan öldirilgan qizi uçun qotildan öç oladi. U pedofilni otib öldiradi.

Bu hodisa öz vaqtida nafaqat GFRda, balki butun Yevropada şov-şuv bölgan edi. Öşanda juda köpçilik qizining qotilidan öç olgan ayolni qöllab-quvvatlaydi.

Foto: STENA.ee

Qotillik

1980 yil 5 may kuni Germaniyaning Lyubek şahrida yaşovçi yetti yoşli Anna onasi Marianna Baxmayyer bilan janjallaşib qoladi. Söng dugonasinikiga borişga qaror qiladi.

Oradan köp ötmay notaniş bir ayol qönğiroq qilib, qotillikka guvoh bölganini, eri yoş qizçani öldirib, uni qutiga joylab daryo yoqasiga kömganini aytadi

Politsiya darhol erkakni qölga oladi. U 35 yoşli Klaus Grabovski edi. Kömilgan joydan qizning jasadi kovlab olinadi. Dastlabki söroqdayoq Grabovski qizni öldirganini tan oladi. Biroq unga jinsiy zöravonlik qilganini tan olmaydi.

Suriştiruvlarda 35 yoşli erkak avval ham ikki marta yoş qizlarga jinsiy zöravonlik qilgani uçun qamalib çiqqani va 1976 yilda kimyoviy biçilgani, keyinçalik gormonal tiklangani ma’lum böladi.

Marianna qizi Anna bilan
Foto: elcomercio.pe

Tergov

Grabovski Annani öldiriş niyati bölmaganini aytib, tergovçilarni çalğitişga urinadi. Erkakning tergovda aytişiça, qizça uning oldiga özi kelgan va erkakning erkalaşlari yoqişini aytgan.

Söng Grabovskidan pul söragan, u bermagan. Şunda Anna «Onamga menga tirğaldi» deb aytaman», degan. Grabovski qörqib ketgan va qizni öldirgan.

Marianna Baxmayyer Grabovskining körsatmalarini gazetada öqib dahşatga tuşadi. U erkak Annaga jinsiy zöravonlik qilgan, söng uni öldirgan deb hisoblardi.

Ayol Grabovski özini oqlaş uçun olçoqlarça Annaga tuhmat qilganiga çiday olmaydi va uni öldiriş payiga tuşadi.

Keyinçalik ma’lum bölişiça, Anna dugonasinikiga borayotib, köçada muşukni körib qoladi. Uni olib erkalatmoqçi bölganida muşuk Grabovski yaşaydigan hovliga kirib ketadi. Qiz muşukning ortidan kirgan çoğda Grabovskiga duç keladi.

Erkak Annaga jinsiy zöravonlik qilib, söng qizçani öldiradi. Bularning barçasini Grabovskiyning xotini körib qoladi.

Marianna haq edi. Agar Grabovskining xotini körib qolmaganda Annaning qotili umuman topilmasligi va yopiğlik qozon yopiğligiça qolib ketişi mumkin edi.

Foto: alamy.com

Qotilning öldirilişi

1981 yil mart oyida tergov tugagaç sud jarayoni boşlanadi. Birinçi va ikkinçi sud majlisida asosan Grabovski söroqqa tutiladi. Erkak sud davomida tergovda aytgan gaplarini takrorlaydi va Annaga jinsiy zöravonlik işlatmaganini, aksinça qiz öziga tirğalganini aytadi.

Sud jarayonida Marianna Baxmayyer sudya va prokuror qotilga xayrixoh bölib, unga yengil jazo tayinlanişi uçun urinişayotganini anglab yetadi. U Grabovskini öldiriş uçun qat’iyroq harakat qiliş kerak, degan qarorga keladi.

Şundan söng Marianna qizining qotilini qanday qilib öldirişni öylay boşlaydi va katta tavakkal qiladi. U uçinçi sud majlisi boşlangan paytda sal keçikib keladi. Örtadan yurib borar ekan, joyiga ötirişdan avval sumkasidan pistolet çiqarib, Grabovskiga qarata sakkizta öq uzadi.

Ayol Beretta 70 pistoletidan foydalangan va öqlarning yettitasi Grabovskining köksiga qadalgan edi. Qotil öşa joyni özida halok böladi. Grabovski yiqilgandan söng ayol pistoletni oyoq ostiga taşlaydi.

Marianna haqida olingan hujjatli filmdan kadr, ayol qotilga öq uzayotgan payt

Marianna hibsga olişayotganda umuman qarşilik körsatmaydi va «Qotil mening qizimni öldirdi. Men uning başarasini möljalga olişni xohlagandim, biroq öqlar köksiga tegdi. Umid qilamanki u öldi», deydi.

Keyinçalik ayol öz intervyularida nima qilib bölsa ham Grabovskiyning ovozini öçiriş va uni qizi haqida bölmağur gaplarni boşqa gapira olmaydigan qilib qöyişni juda xohlagani haqida aytadi.

Hodisadan söng Mariannani töğri kasalxonaga olib borişadi va uning ruhiy holati tekşiriladi. Ayolning qöliga ruçka va qoğoz berib nimadir yozişini aytişganda u «Men bu işni sen uçun qildim, Anna» deydi. Şifokorlar uni ruhiy soğlom deb topişadi.

Marianna haqida olingan hujjatli filmdan kadr, Qotilga sakkizta öq uzgan ayolni öşa zahoti uşlaşadi.

Mariannaning oğir ötmişi

Marianna Baxmayyer sodir etgan iş Germaniyada juda katta şov-şuv keltirib çiqaradi. Mamlakatning barça burçagidan OAV vakillari Lyubekka qarab oşiqadi. Ularning barçasi Marianna sodir etgan jinoyat tafsilotlarini yoritişni xohlardi.

Marianna Baxmayyer tergov qilinar ekan, öşa paytda unda advokatlar uçun tölaşga mablağ ham yöq edi. Şu sababli ayol özining hayot yöli tarixini sotişga qaror qiladi.

Marianna boşidan ötkazgan hodisalarni Germaniyadagi eng ommabop Stern jurnaliga 100 ming markaga sotadi. Ayol pullarning asosiy qismini advokat yollaş uçun sarflaydi. Köp ötmay jurnalda ayolning boşidan ötkazgan voqealar e’lon qilinadi.

Ma’lum bölişiça, Marianna 1950 yilda sobiq SS zobiti oilasida tuğilgan. Otasi uruş tugagandan söng barça narsasini taşlab, Şarqiy Prussiyaga qoçgan va mağlubiyatdan söng mast qiluvçi içimliklarga ruju qöygan.

Otasi Marianna tuğilganidan keyin ham mast bölib yurişni kamaytirmaydi. Oilada mudom janjallar bölavergani uçun Mariannaning ota-onasi ajraşadi va u onasi bilan ketadi.

Foto: measure16.rssing.com

Ösmir yoşdagi qizning xarxaşalaridan çarçagan onasi qizni uyidan quvib yuboradi. Şu tariqa 15 yoşli Marianna köça-köyda duç kelgan joyda yaşab yuradi.

U Annani 22 yoşida tuğgan va ungaça ikkita farzand körib, boşpanasi bölmagani uçun ularni bolalar uyiga topşirib yuborgandi. Anna tuğilgandan sal ötib, u eri bilan ajraşadi. Biroq bu paytda ança özini önglab olgan ayol qizini özi boqişga qaror qiladi.

Ayol qizini juda yaxşi körgan. Biroq yoşlikda olgan ruhiy jarohatlar sababli Marianna qizi ulğaya boşlagaç u bilan tez-tez janjallaşib qolaveradi. Anna uydan çiqib ketgan kuni ham arzimagan narsadan janjal kelib çiqqandi.

Öşa paytlarda ayol tunda barlardan birida sotuvçi bölib işlar, kunduzlari vaqtini uxlaş bilan ötkazardi. Oqibatda Anna qarovsiz qolar va janjal asosan şundan kelib çiqardi.

Şunday paytlarda ayol bir neça marta Annani bolalar uyiga topşirib yubormoqçi ham böladi. Biroq oxirgi soniyalarda fikridan qaytadi.

Foto: novochag.ru

Hukm va qamoq

Marianna haqida jurnalda öqigan va eşitgan odamlar ayolning aççiq taqdiridan xabar topib unga rahmi keladi. U qizining qotilini otib taşlagani haqida xabar topişgaç, uni qöllab-quvvatlaşadi.

Har kuni ayolga mamlakatning turli hududlaridan köplab maktublar kela boşlaydi. Unga gullar va boşqa sovğalar yuborişadi. Odamlar şu yöl bilan Mariannaga birdamliklarini bildirişadi. Hatto pul yiğib ayolga advokat ham yollaşadi.

Şuningdek, odamlar Ğarbiy Germaniyadagi sud tizimini tanqid qilib, Mariannaga ozodlik berişni talab qilişadi. Ayolning boşiga tuşgan körgiliklar haqida davriy matbuotda maqolalar, televideniyeda körsatuvlar beriladi.

Tergov jarayonlari tugagandan söng Marianna Baxmayyerga qotillik va noqonuniy qurol saqlaş böyiça ayblov e’lon qilinadi va 1982 yil 2 noyabr kuni sud jarayonlari boşlanadi.

Mariannaning sudini yoritiş uçun butun Yevropadan, Amerikadan davriy matbuot va telekanallar muxbirlari yetib keladi.

Ayolning advokatlari u sodir etgan qotillik avvaldan rejalaştirilmaganini, qotil qiziga tuhmat qilganiga çiday olmaganini va Grabovski yengil jazo olişi mumkinligini öylab, jahl ustida sodir etganini, noqonuniy qurol saqlamaganini isbotlaş uçun ança ter tökişadi.

Foto: kak2z.ru

Mariannaga umrbod qamoq jazosi xavf solayotgandi. Biroq ayolning advokatlari maqsadlariga erişadi. Ularning sa’y-harakatlari tufayli Lyubek şahar sudi Mariannaga bor-yöği olti yil qamoq jazosi beradi.

Hukm 1983 yil 2 noyabr kuni öqiladi. Ayol qamoqxonada uç yil ötirgaç özini namunali tutgani uçun ozod qilinadi. Marianna qamoqda bölgan davrda ham har kuni odamlardan maktub olib turgan.

Saraton kasalligi va ölim

1985 yil iyun oyida Marianna qamoqdan ozod bölgaç nemis tili öqituvçisiga turmuşga çiqadi va ular Afrikadagi Gana davlatiga köçib ketadi. 1990 yilda ayol eri bilan ajraşadi va Italiyaning Sitsiliya oroliga köçib keladi.

1994 yilda Marianna nemis radiolaridan biriga intervyu beradi. Öşa yili naşriyotlardan biri uning hayoti hikoya qilingan asarni kitob holida çop etadi.

Şundan söng Marianna yana bir neça naşrlarga, telekanallarga bergan intervyusida  qizining qotilini nega öldirgani sababini gapirib beradi.

Unga köra, Mariannaga qotilning qiziga böhton qilgani, Grabovski yengil jazo olib, qamoqdan çiqib kelsa boşqalarni ham öldirişi mumkinligini öylab, bunga yöl qöymaslik uçun uni otib taşlaganini aytadi.

2006 yilda nemis telekanallaridan birida Mariannaning hayoti haqida hujjatli film namoyiş etiladi. Unda ayolning dugonasi Marianna qizining qotilini öldirişni rejalaştirgandan söng pistolet sotib olib, taşlandiq uylardan birining yertölasida otişni maşq qilganini aytib beradi.

1990-yillar örtalarida Mariannada saraton kasalligi aniqlanadi. Şundan söng u Lyubek şahriga qaytib keladi. 1996 yil 17 sentabr kuni Marianna 46 yoşida vafot etadi. Uni qizining yoniga dafn etişadi.

Foto: Wikipedia

Marianna Baxmayyer haqidagi asarlar

Marianna haqidagi ilk asar 1983 yilda u endi qamalgan kezlarda yaratiladi. Bir guruh ijodkorlar «Anna jamoasi» nomi bilan truppa oçişadi va Marianna Baxmayyer hayoti haqida pesa yozib uni sahnalaştirişadi.

«Bu sen uçun Anna» deb nomlangan pesaning qisqartirilgan varianti 1983 yilda, töliq varianti 1984 yilda namoyiş etiladi.

1984 yilda Marianna haqida «Annaning onasi» (Annas Mutter) filmi suratga olinadi. Öşa yili ayol haqida suratga olingan «Közyoş uçun vaqt yöq: Baxmayyer işi» (Der Fall Bachmeier – Keine Zeit für Tränen ) filmi ham namoyiş etiladi.

1996 yilda «Marianna Baxmayyerning sekin ölimi» (Das langsame Sterben der Marianne Bachmeier) filmi ekranlarga çiqariladi.

Marianna Baxmayyer haqidagi hujjatli film banneri

1994 yilda Mariannaning hayoti haqida «Marianna Baxmayyer» asari kitob holida çop etiladi.

1993 yilda «Onaning haqli adolati: Marianna Baxmayyer işi» nomi bilan Mariannaning Mirror TV telekanaliga bergan intervyusi namoyiş etiladi.

2006 yilda ARD telekanalida «Marianna Baxmayyerning qasosi» (Die Rache der Marianne Bachmeier) hujjatli filmi körsatiladi.

2017 yilda ZDF telekanalida «Ayollar öldirganda: Marianna Baxmayyer» hujjatli filmi tomoşabinlar e’tiboriga havola etiladi.

Ğayrat Yöldoş tayyorladi.