Akfa universitetida janjal: sobiq va amaldagi rahbariyat kelişmovçiligi talabalarga qimmatga tuşmoqda
|14:55 / 25.09.202359 55916 min
CAU (avvalgi Akfa) universiteti rahbariyati va şu muassasada Part-time dasturi böyiça öqigan talabalarning ota-onalari örtasida nizo kelib çiqqan. Amaldagi ma’muriyat bunda sobiq rektorni ayblamoqda. Akfa universitetini 2018-2022 yillarda boşqargan Bekzod Jalilov esa bu işlarning ortida prezidentning sobiq maslahatçisi, Toşkent şahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning qudasi Abdujabbor Abduvohidov turganini ma’lum qildi.
Fotokollaj: Kun.uzFotokollaj: Kun.uz
Kun.uz’ga Toşkentdagi Central Asian University (avvalgi Akfa) universiteti talabalarining ota-onalaridan şikoyatlar kelib tuşdi.
Tuzilgan şartnomada maktabning bitiruvçi sinfida öqib turgan öquvçilar bir vaqtning özida Part-time dasturi doirasida Akfa universitetining 1-kursini öqib tugatişi va maktabni bitirişi bilanoq universitetning 2-kursiga qabul qilinişi belgilangan. Ammo 2022-2023 öquv yilida mazkur dasturda öqigan talabalar yangi öquv yilida universitetning 2-kursiga qabul qilinmasligi va 1-kursni qaytadan öqişlari lozimligi aytilgan. Şundan söng ma’muriyat va talabalarning ota-onalari örtasida nizo kelib çiqqan.
Part-time dasturini tamomlab, bu yil 2-kursda öqişni boşlaşi kerak bölgan talabalar darslarga qöyilmagan. Ular bir öquv yili uçun 40 mln söm kontrakt tölagan.
Universitetning yangi rahbariyati bu holatni avvalgi rektor tomonidan qonunbuzarliklar sodir etilgani va 2-kursga qabul qilingan talabalar öqişni davom ettira olmasligi, çunki bu qonunda közda tutilmagani bilan izohlagan. Öquvçilarning sözlariga köra, ularni kirişdagi yuzni tanib oliş tizimidan uzişgan, talabalik guvohnomalari olib qöyilgan.
Oliy ta’lim muassasasining Kun.uz’ga taqdim etgan ma’lumotida yuzaga kelgan holatga universitetning avvalgi rahbariyati aybdor ekani körsatiladi.
«Bundan ikki yil avval Akfa universitetining sobiq rektori — 1990 yilda Toşkent şahrida tuğilgan Bekzod Djalilov tomonidan Study for the success MÇJni Universitet ta’sisçisidan yaşirin holda, firibgarlik yöli bilan öziga qöşimça mablağ işlaş maqsadida jalb qilgan, amaldagi qonunlarga xilof yöl bilan uşbu MÇJ nomidan ota-onalar bilan şartnomalar tuzgan. Şartnomaga muvofiq ota-onalarga ularning farzandlari maktabning 10-11 sinflarida öqiş bilan bir vaqtning özida Akfa universitetining 1-kursini öqib tugatişi va maktabni bitirişi bilanoq Universitetning 2-kursiga qabul qilinişi MÇJ tomonidan va’da qilingan va ota-onalar uşbu xizmat evaziga MÇJ hisob raqamiga muayyan tölovlarni qilişgan.
Ma’lumot uçun Central Asian University MÇJning bank hisob raqami «Özmilliybank» AJ Yaşnobod filialida oçilgan. Study for the success MÇJning bank hisobraqami esa Toşkent şahar Kapitalbank amaliyot boşqarmasida oçilgan.
Şuningdek, MÇJ hisob raqamiga tuşgan pul mablağlari B.Jalilovning turmuş örtoğiga tegişli bölgan MÇJ tomonidan özlaştirib yuborilgan.
— Biroq, uşbu MÇJning Akfa universitetiga heç qanday aloqasi yöq. Öquvçilarni maktabda öqib turgan vaqtida universitet dasturlariga qabul qiliş ham qonunçilikka zid. MÇJ ta’sis hujjatidan körinib turibdiki, u sobiq rektorning yaqin qarindoşi tomonidan ta’sis etilgan, kontakt ma’lumotlari ham unga tegişli, özining banklarning birida alohida hisobraqamlari mavjud.
Mavzuga oid
Uşbu iş yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlar, xususan tuman prokuraturasi tomonidan jinoiy iş qözğatilgan bölib, jabrlanuvçilar tuman prokuraturasiga tegişli şikoyat bilan murojaat qilişlari mumkinligi ma’lum qilindi.
Universitet öz örnida, B. Jalilovning qonunga xilof xatti-harakatlaridan jabrlangan va qölida şahodatnomalari (11-sinf) bor bolalarni tez kunlarda, örnatilgan tartibda Universitetning 1-kursiga qöşimça qabul qilişini ota-onalarga ma’lum qildi», deyiladi Central Asian University izohida.
Şuningdek, Central Asian University tomoni ma’lum qilişiça, Boş prokuratura huzuridagi IJQK departamenti Mirzo Uluğbek tuman bölimi tomonidan Au Financial Investment Team MÇJning sobiq mansabdor şaxslari va Cyber Genesis Systems MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.
Central Asian University’ning uşbu bayonotidan söng muassasaning sobiq rektori Behzod Jalilov bölib ötgan hodisalarga öz munosabatini bildirdi.
Behzod Jalilov
2018 yilda menga Akfa universitetini taşkil etiş loyihasiga rahbarlik qilişni taklif qilişdi va 2019 yilda universitet oçilgandan söng uşbu universitetga rektor etib tayinlandim.
Joriy yilning 22 sentabr kuni Akfa universiteti (hozirgi nomi Central Asian University) rahbariyati tomonidan menga va boşqa bir qança sobiq xodimlarga nisbatan asossiz, ya’ni universitet mablağlarini noqonuniy özlaştiriş ayblovlari qöyilgani munosabati bilan uşbu murojaatni yozişga qaror qildim.
Universitetning hozirgi rahbariyati meni 2015 yilda özim asos solgan Study for the success kompaniyasidan Akfa universiteti bilan özaro manfaatli bitim tuzişda, universitet ta’sisçilarining oldindan roziligini olmasdan foydalanganlikda ayblamoqda.
Study for the success MÇJ 2015 yildan beri ta’lim xizmatlarini (litsenziya asosida) körsatib kelmoqda va talabalarni Toşkent şahridagi yetakçi oliy öquv yurtlariga öqişga tayyorlaş bilan şuğullanadi.
2021 yildan boşlab Study for the success MÇJ respublikaning boşqa köplab ta’lim markazlari singari universitet bilan memorandum va hamkorlik şartnomasi asosida potensial talabalarni Universitetga, jumladan, "Part-time" dasturi doirasida tayyorlagan hamda qabul imtihonlarini taşkil etgan.
Yuqorida qayd etilgan hujjatlarga köra, Akfa universiteti International Foundation Diploma for Higher Education Studies dasturini (biz uni Part - time deb ataganimizdek) muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga birinçi bosqiçni öqimasdan ikkinçi bosqiçga qabul qilinişni kafolatlagan. Sababi mazkur tayyorgarlik kursi foundation year’ga tenglaştirilgan.
Akfa universiteti muassislari, jumladan Jahongir Obidoviç Ortiqxöjayevning özi ham, ta’lim muassasasining boşqa ta’lim muassasalari bilan hamkorligi haqida xabardor edi. Bundan taşqari, Jahongir Obidoviçning jiyani Ortiqxöjayeva K. ham uşbu dasturda öqigan va öqiş pulini Universitet hisobiga emas, balki Study for the success MÇJ hisobiga tölagan. Yuqoridagilarni inobatga olsak, muassislar bundan bexabar edilar deyiş notöğri.
Şuni ta’kidlaşni istardimki, AKFA Universiteti va boşqa öquv markazlari örtasida ham Study for the success kompaniyasi bilan tuzilgan şartnomaga öxşaş hujjatlar imzolangan. Şartnomalarga köra, uşbu öquv muassasalarining kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar Akfa Universitetining 2-bosqiçiga qabul qilingan. Biroq, yangi rahbariyat tomonidan örnatilgan 2-bosqiçga töğridan töğri öqişga qabul qilişni taqiqlaş boşqa ta’lim muassasalardan Part - time dasturi böyiça Universitetga kirgan talabalarga heç qanday tarzda qöllanmagan.
Eslatib ötaman, garçi yuridik maqomga ega va huquqiy tomondan rasmiylaştirilmagan bölmasa-da, özini kuzatuv kengaşi raisi deb taniştirayotgan Abdujabbor Abduvohidov bilan universitet boşqaruvi siyosatida yuzaga kelgan kelişmovçiliklar tufayli men Akfa Universiteti rektori lavozimidan ketganman. Bundan taşqari, 2023 yil yanvar oyining birinçi yarmida işdan ketganimdan boşlab joriy yilning 22 sentabriga qadar universitetning yangi rahbariyati Part - time dasturi böyiça öquv markazlari bilan hamkorlik böyiça heç qanday e’tiroz bildirmagan. Qolaversa, mazkur talabalar 2023 yilning bahorgi semestrida universitet hududida heç qanday tösiqlarsiz tahsil olişgan va semestr yakunida, ya’ni 2023 yil iyun oyida universitetning amaldagi rektori Kamron Ğulomovning buyruği bilan keyingi bosqiçga ötkazilgan yoki 2-bosqiçga öqişga qabul qilingan. Mazkur buyruq asosida Study for the success talabalari universitetning 2-bosqiçiga öqişga qabul qilinganliklari töğrisida xabardor qilinganlar.
22 sentabr kuni bölib ötgan ota-onalar bilan uçraşuvda, Kamron Ğulomov bunday buyruq borligini avval rad etgan. Buyruq unga körsatilgaç, u nimaga imzo qöyganidan xabari yöqligini aytgan. Keyinçalik esa, u buyruqqa imzo aldov yöli bilan olinganligini aytgan. Vaholanki, Kamron Ğulomovga hujjatlarni imzoga uning odami tegişli tekşiruvlardan keyin olib kirişini ta’kidlaş lozim.
Aslini olganda, bu masalani yangi rahbariyat faqat mening obröyimga, Study for the success MÇJ obrösiga va hozirda men faol iş olib borayotgan yangi universitet taşkil qiliş böyiça yangi loyihaning obröyiga putur yetkaziş uçun kötargan. Agar ularning ayblovlari mantiqiy va qonuniy asosli bölsa, unda mantiqiy savol tuğiladi: nega Universitetning yangi rahbariyati işdan böşatilganimdan boşlab 2023 yil 22 sentabrgaça Part - time dasturini yopiş va ta’lim markazlari bilan hamkorlikni töxtatiş masalasini kötarmadi?
Bundan taşqari, 2022 yil noyabr oyidan boşlab, şuningdek, işdan böşatilganimdan söng ta’sisçi vakillari tomonidan taşqi ekspertlarni jalb qilgan holda Universitet faoliyatida qayta-qayta audit, jumladan, moliyaviy audit ötkazilgan. Uşbu tekşiruvlar natijasida heç qanday qonunbuzarliklar aniqlanmagan.
2018 yildan 2023 yil yanvarigaça qiyinçiliklarga, muassislar tomonidan va’da qilingan mablağlar ajratilmaganiga qaramay, uşbu universitetni taşkil etiş va rivojlantiriş yölida vijdonan va halol mehnat qildim. Dastlab muassislar uşbu loyihani amalga oşiriş uçun 100 million dollar ajratişlarini va’da qilişgan edi. Biroq, oxir-oqibat, uşbu mablağning hatto ⅓ qismi ham loyihaga kiritilmadi. Şu munosabat bilan loyihani öz vaqtida amalga oşiriş uçun universitet kredit olişga majbur bölindi hamda kredit hamda foizlari örnatilgan muddatlarda universitet tomonidan mustaqil ravişda tölab borildi.
Akfa kompaniyalar guruhi vakillari heç qanday moliyaviy yordam körsatmadilar. Vaziyat şunga yetib bordiki men universitetga 100 000 AQŞ dollari miqdoridagi öz mablağimni yönaltirişga töğri keldi. Bu mablağlarga men 2021 yildan hozirgi kungaça universitet hududida faoliyat yuritayotgan talabalar turar joyi uçun mebel va jihozlar sotib oldim.
Men rektorlik lavozimidan ozod etilganim va Abdujabbor Abduvohidov (Jahongir Obidoviçning qudasi) universitet hayotiga faol aralaşuvi boşlangaç, Universitetni moliyalaştirişga yondaşuvda özgarişlar kuzatilmoqda. Jahongir Obidoviç Ortiqxöjayevning korxonalari universitetdagi öquv jarayoni uçun zarur bölgan asbob-uskunalar, kitoblar va öquv materiallarini xarid qiliş uçun faol mablağ ajratişni boşladi.
Yana bir tendensiya kuzatildi, Abdujabbor Abduvohidov kelişi bilan universitet xodimlaridan sifat uçun emas, balki miqdor uçun işlaşni talab qila boşladi va men iqtibos keltiraman: “Şu yerda pul qilsak böladi-yu”. Uning iltimosiga köra, bir qança fakultetlar, jumladan, öşa paytda litsenziya asosida faoliyat yuritgan Ingliz tili filologiyasi fakulteti, unda ançagina talabalar tahsil olayotganiga qaramay, yopildi. Professorlar, talabalar va ularning ota-onalari bu haqiqatni tasdiqlaşlari mumkin. Talabalarning ota-onalari darslar ötkazilmayotganligi va malakali öqituvçilarning yöqligi, mavjud ta’lim dasturlari tuşuntirişsiz yopilganligi va boşqa masalalarga e’tiroz bildirib Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligiga ariza yozganlar.
Şu örinda ta’kidlaşim kerakki, universitetdagi rektor lavozimidagi faoliyatim davomida ta’sisçi menga ta’lim sifatini ta’minlaş böyiça qat’iy talablar qöygan edi. Bu talablardan biri Universitetni xalqaro darajaga kötariş va 5 yil içida universitetni Times Higher Education mezonlari böyiça dunyoning eng yaxşi 1000 ta universitetlari reytingiga kiritiş uçun kerakli çoralarni köriş edi. Şu munosabat bilan Abdujabbor Abduvohidov bilan örtamizda tez-tez nizolar yuzaga kela boşladi.
Ana şunday mojarolardan birida Abdujabbor Abduvohidov mendan aynan xalqaro standartlarga mos ravişda (musulmonlar, nasroniylar va buddistlar uçun) qurilgan ibodatxonalarni yopişimni talab qildi. Biroq talabalar xavfsizligi uçun men universitet rektori sifatida bu xonalarni yopişni noörin deb hisobladim, çunki bu holda talabalar dars vaqtida namoz öqiş uçun universitet hududidan çiqib ketişadi. Uşbu mojaroda Abdujabbor Abduvohidov menga nisbatan behayo sözlarni işlatib, hamkasblarim oldida şa’nim va qadr-qimmatimni kamsitdi, hatto jismoniy zöravonlik bilan tahdid qildi. Bu voqeadan keyin men Akfa universitetida işlaşni töxtatişga qaror qildim.
Videosi internetda keng tarqalgan Central Asian University’da 21 sentabr kuni taşkil etilgan ota-onalar majlisida Abdujabbor Abduvohidov ota-onalarni menga qarşi prokuraturaga ariza yozişga çaqirgan va hattoki ota-onalarni prokuraturaga olib boriş uçun avtobus xizmatini taşkil qilgan. U, şuningdek, mening tanişlarimga, Universitet xodimlariga va Akfa boş ofisi xodimlariga meni jinoiy muassasaga (qamoqqa) joylaştirmagunça tinçlanmasligini aytgan.
Abdujabbor Abduvohidov öz aloqalaridan foydalanib, prokurorlarni menga nisbatan jinoiy iş qözğatişga tom ma’noda majburlagan. May oyida meni prokuraturada soxta ayblov, ya’ni universitet mablağlarini öğirlaş böyiça bir neça bor söroq qilişdi. Bu ayblovlar isbotini topmadi. Iyun oyida huquq-tartibot idoralari xodimlari mening diniy va siyosiy ekstremistik islomiy harakatlarga aloqadorligim yuzasidan tekşiruv ötkazdilar. Biroq bu ayblov ham tasdiqlanmadi. Qolaversa, A.Abduvohidov universitetning hozirda sobiq xodimlaridan mening ustimdan ariza yozişni talab qilgan. Talabni bajarmagan xodimlarni işdan böşatiş bilan qörqitgan.
Mazkur universitet xodimlari tomonidan A.Abduvohidovning işdan böşatiş bilan boğliq tahdidlari yuzasidan huquq-tartibot idoralariga murojaatlari mavjud. Ajablanarlisi şundaki, bu arizalar qandaydir tarzda Mirzo Uluğbek prokuratura devorlari içida yöqolganligi ma’lum böldi. Biroq dalil sifatida menda uşbu prokuratura devonxonasi tomonidan qabul qilingan (muhrlangan) arizalarning nusxalari bor.
Şu bilan birga Abduvohidov meni noqonuniy mitinglar uyuştirganlikda ayblamoqçi böldi. U universitet talabalarini menga qarşi qayraş maqsadida majlis ötkazgan. Talabalarni menga qarşi qila olmaganidan söng, odamlarni mitingga töplaganim va huquqni muhofaza qiliş organlaridan meni hibsga olişni talab qiladi.
Men huquq-tartibot idoralariga borib, Abduvohidov odamlarni yiğib, menga qarşi işlatayotganini tuşuntirişimga töğri keldi.
Abdujabbor Abduvohidovning yagona maqsadi mening obröyimga doğ tuşiriş, faoliyatimga zarar yetkazişdir. Öz maqsadiga erişiş uçun bu odam har qanday kuçlardan va harakatlardan foydalanadi hamda heç narsada töxtamaydi. Meni boşqalar işga qabul qilmasliklari uçun Abduvohidov men haqimda yolğon ma’lumotlar tarqatgan.
Abdujabbor Abduvohidovdan universitet rivojiga e’tibor qaratişni, universitet nomi özgarganligi sababli bekor qilingan litsenziyani qaytadan oliş, universitetning sobiq xodimlarining loyihalarini rivojlantirişga qarşi çiqib, zararkunandalik bilan şuğullanmaslikni sörayman. Yodingizda bölsin, xalqda juda dono naql bor: “Kim birovga çoh qazisa özi tuşadi”.
Men A.Abduvohidov menga qöyilgan asossiz barça ayblovlar va haqoratlar uçun omma oldida keçirim söraşini talab qilaman.
Özbekiston Respublikasi Prezidentidan mening va oilamning Özbekiston Respublikasi hududida xavfsizligimni ta’minlaşni sörayman. Sizni işontirib aytamanki, mening yagona maqsadim xalqimiz va butun davlatimiz uçun ta’lim sohasida foyda keltiriş.
Şuningdek, Özbekiston xalqidan, birinçi navbatda, mavjud vaziyatdan jabrlangan talabalarning ota-onalaridan ommaviy axborot vositalaridagi miş-mişlar va tasdiqlanmagan ma’lumotlarga işonmasliklarini sörayman.
Ommaviy axborot vositalaridan birovning obro‘ va şa’niga putur yetkazuvçi ma’lumotlarni çop etişdan avval vaziyatni örganişni va ikkinçi tomonning ham fikrini, pozitsiyasini örganişni sörab qolaman, deydi Bekzod Jalilov.
Ma’lumot uçun, Akfa universiteti Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevraldagi 130-son qarori bilan taşkil etilgan. Mas’uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi nodavlat oliy ta’lim muassasasiga 2022 yil 1 yanvarga qadar barça turdagi soliqlarni tölaşdan ozod qiliş, universitetni jihozlaş va faoliyatini taşkil etiş uçun belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxatlar böyiça Akfa Medline MÇJ va Universitet tomonidan olib kelinadigan, Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan uskunalar (şu jumladan, laboratoriya uskunalari), kompyuter texnikasi, multimedia mahsulotlari, tibbiyot trenajyorlari, adabiyotlar, quriliş materiallari va inventar bojxona tölovlaridan (bojxona rasmiylaştiruvi yiğimlaridan taşqari) ozod qiliş tarzidagi imtiyozlar berilgan.