«Özbek-Fransuz universitetini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, Özbek-fransuz universiteti taşkil etiladi, u faoliyatini Özbekiston qonunçiligi talablari hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida amalga oşiradi.

Universitetda dastlabki bosqiçda magistratura, keyinçalik bosqiçma-bosqiç bakalavriat va doktoranturada kadrlar tayyorlaş yölga qöyiladi. Şuningdek, Universitetga kiriş uçun tayyorlov kursi joriy etiladi.

Ta’lim jarayoni maqsadli davlat granti va tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi. Bitiruvçilarga Universitet diplomi va (yoki) Fransiya Respublikasida akkreditatsiyadan ötgan ta’lim dasturlari böyiça konsorsium tarkibiga kirgan tegişli Fransiya universitetining diplomi beriladi.

Bunda bitiruvçilarga berilgan diplom Özbekiston Respublikasida tan olinadi.