Harvard universiteti umumiy boyligi qariyb 600 milliard dollarga teng 104 milliarderni tayyorlab çiqargan. Universitet hattoki Bill Geyts va Mark Tsukerberg kabi bu yerda ta’lim olgan, ammo öqişni tugatmagan taniqli bitiruvçilarni hisobga olmaganda ham reytingda birinçi örinda turadi.
Stenford universiteti Kremniy vodiysi bilan yaqin aloqalari tufayli Yahoo asosçisi Jyerri Yang va DoorDash asosçilaridan biri Endi Fang kabi milliarder bitiruvçilarga ega. Pensilvaniya universiteti Ilon Maskni öqitgan. Kolumbiya universitetining eng maşhur bitiruvçilari orasida afsonaviy investor, Berkshire Hathaway egasi Uorren Baffet bölsa, Massaçusets texnologiyalar instituti (MIT) texnologiya va sanoat rahbarlarini, jumladan Koch Industries'dan Çarlz Koxni öqitgan.
Amerika universitetlari hali ham yuqori örinlarni egallab turgan bölsa-da, ma’lumotlar şuni körsatadiki, Osiyo universitetlari jadal sur’atlar bilan ösib bormoqda.

Milliarder bitiruvçilar soni böyiça 20 ta eng yaxşi universitetlar qatoriga Mumbay universiteti, Tsinxua, Pekin universiteti va Seul milliy universiteti kiradi. Uşbu siljiş Osiyoning keng iqtisodiy ösişi, tadbirkorlarning yuksalişi va milliy kapital bozorlarining mustahkamlanişi bilan bir vaqtga töğri keladi.
Misol uçun, Xitoydagi eng nufuzli universitetlardan biri bölgan Pekin universitetining milliarder bitiruvçilari orasida Baidu hamasosçisi Robin Li ham bor. Xuddi şunday, Reliance Industries raisi va Hindistonning eng boy odami Mukeş Ambani Mumbay universitetida kimyo muhandisligi böyiça tahsil olgan.
Rossiya universitetlari orasida 13 milliarderni tayyorlagan Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti yetakçilik qilmoqda.












