Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi
Ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha kuzning birinchi oyi uchun xos bo‘lgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ladi.
Haftaning birinchi yarmida respublika bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, haftaning ikkinchi yarmida havo bulutli bo‘ladi, lekin hududning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ish haftasining eng oxirida - 29 sentabr kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Kechalari va ertalabki soatlarda harorat +12...+17 daraja atrofida nisbatan salqin bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni +25...+30 darajagacha, ba’zi joylarda +32 darajagacha isitadi.
Tog‘li hududlarda ayrim kunlarda jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Poytaxtda 25-29 sentabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +13...+16 daraja, kunduz kunlari +25...+28 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:27 / 26.06.2026
Hafta oxirida o‘zgaruvchan havo kuzatiladi
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
11:37 / 22.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
09:15 / 22.06.2026