07:41 / 25.09.2023
25640

O‘zbekiston g‘alla hosildorligi bo‘yicha yetakchi mamlakatlar o‘ntaligiga kirdi

O‘zbekiston 68,4 ts/ga natija bilan oltinchi o‘rinni egallab, yetakchi o‘ntalikdan joy olgan.

Foto: Kun.uz

G‘alla hosildorligi bo‘yicha mamlakatlar reytingida O‘zbekiston 6-o‘rinni egalladi.

Gektariga necha sentner g‘alla yetishtirilishiga ko‘ra tuzilgan umumjahon reytingida birinchi o‘rinni 100,8 ts/ga ko‘rsatkich bilan Irlandiya, ikkinchi o‘rinni Yangi Zelandiya (97,1 ts/ga) va uchinchi o‘rinni Buyuk Britaniya (78,1 ts/ga) egallagan.

O‘zbekiston 68,4 ts/ga natija bilan oltinchi o‘rinni egallab, yetakchi o‘ntalikdan joy olgan.

Top-10ga kiruvchi mamlakatlar:

Irlandiya – 100,8 ts/ga;
Yangi Zelandiya – 97,1 ts/ga;
Buyuk Britaniya – 78,1 ts/ga;
Germaniya – 73,0 ts/ga;
Fransiya – 69,3 ts/ga;
O‘zbekiston – 68,4 ts/ga;
Misr – 64,5 ts/ga;
Xitoy – 58,1 ts/ga;
Ukraina – 45,3 ts/ga;
Janubiy Afrika – 43,1 ts/ga.

Mavzuga oid
Top