Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» delegatsiyasi Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv uchun Rossiyaga boradi
2022 yilda «Tolibon» vakillari bu uchrashuvga taklif qilinmagan edi.

Foto: AP
Afg‘onistonni nazorat qiluvchi «Tolibon» harakati delegatsiyasi 25 sentabr kuni Moskvaga uchib ketdi.
«Bugun Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amirxon Muttaqiy boshchiligidagi delegatsiya Rossiya rasmiy taklifiga binoan Moskva formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Moskvaga jo‘nab ketdi», deb yozdi «Tolibon» tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi o‘rinbosari Hafiz Ziyo Ahmad.
Uning so‘zlariga ko‘ra, afg‘on delegatsiyasi Moskvada ikki kun qolib, so‘ng Qozon shahriga jo‘nab ketadi. U yerda 29 sentabr kuni Moskva formatidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Moskva formatiga Rossiya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kiradi.
12 sentabr kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko Moskva formatidagi uchrashuvda «hozirgi Afg‘oniston hukumati vakillari ham ishtirok etishiga» umid bildirdi. Rossiya tomoni bo‘lajak uchrashuvdan qanday umidlar bor degan savolga javob berar ekan, Rudenko shunday dedi: «Biz bu uchrashuvni u yerda sodir bo‘layotgan voqealar, istiqbollar va xalqaro hamjamiyat nima bo‘layotgani haqida doimiy fikr almashishimizning zarur bosqichi deb bilamiz. Xususan, bu format u yerdagi umumiy vaziyatni barqarorlashtirishga yordam berishi mumkin».
«Tolibon» harakati dunyoning hech bir davlati tomonidan rasman tan olinmagan va uning yetakchilari BMT sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. «Tolibon» terrorchilik tashkiloti sifatida Rossiyada taqiqlangan. Shunga qaramay, bir qator davlatlar, jumladan, Rossiya ham harakat vakillari bilan rasmiy aloqalarga ega. 2021 yilda «Tolibon» Moskva formatidagi uchrashuvda ishtirok etdi. 2022 yilda harakat vakillari bu uchrashuvga taklif qilinmadi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Peskov: Kiyev bilan munosabatlar - Moskva «vazifalari» bajarilganidan keyin
Jahon | 07:44
-
Ekspert: Rossiya harbiy xarajatlari SSSR darajasiga yaqinlashdi
Jahon | 07:37
-
Elektromobillardan foydalanishni ommalashtirish to‘g‘risidagi qarorga qo‘shimcha kiritiladi
Avto | 07:27
-
Avstriya Rossiya tufayli betaraflikdan voz kechishni muhokama qilishi mumkin
Jahon | 07:24
Mavzuga oid

13:27 / 23.07.2025
O‘zbekiston DXX raisi Afg‘oniston Razvedka xizmati raisi va ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi

19:02 / 22.07.2025
O‘zbekiston DXX raisi Kobulda «Tolibon» mudofaa vaziri bilan uchrashdi

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

18:41 / 18.07.2025