Foto: Kun.uz

2020 yil 1 avgustdan Özbekistonga transport vositalarini import qilişda utilizatsiya yiğimi joriy qilingandi. Şu bilan birga, hukumat qarorida 2021 yildan boşlab eskirgan transport vositalarini ixtiyoriy ravişda utilizatsiya qiliş uçun rağbatlantiriş mexanizmini işlab çiqiş belgilangandi.

Bu bilan amalda import qilinayotgan avtomobillar uçun yirik miqdorda “ekologik soliq” joriy qilindi, ammo işlab çiqarilganiga 40 yildan oşgan eski maşinalarni utilizatsiya qiliş boşlanmadi.

Utilizatsiya yiğimi amalda ekologiyadan köra mahalliy avtomonopol kompaniyaga köproq foyda keltirmoqda.

Utilizatsiya yiğimi nima uçun kerak?

Butun dunyoda ekologik vaziyat yildan yilga yomonlaşib bormoqda. Şu jihatni inobatga olgan holda, köplab davlatlarda ekologik xavfsizlikni ta’minlaş, fuqarolar soğliğini va atrof-muhitni öz iste’mol xususiyatlarini yöqotgan transport vositalarining zararli ta’siridan himoya qiliş maqsadida utilizatsiya yiğimi tölanadi.

Özbekiston yöllarida ham past samarali, ötgan asrning 70-80-yillarida işlab çiqarilgan eski avtomobillar, qişloq xöjalik texnikalari hamon yuribdi. Ular ekologik normalar talablariga javob bermaydi va asta-sekin utilizatsiya qilinişi kerak. Şuning uçun ham respublikada utilizatsiya yiğimi joriy qilingandi.

Özbekistonda utilizatsiya qiliş işlari qanday tartibga solinadi?

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 iyundagi “Ğildirakli transport vositalari, öziyurar maşinalar va ularning tirkamalari uçun utilizatsiya yiğimini joriy etiş töğrisida” 347-son qaroriga muvofiq, utilizatsiya yiğimi stavkalari va utilizatsiya yiğimi tölanadigan ğildirakli transport vositalarining röyxati tasdiqlangan.

Belgilangan tartibga köra, utilizatsiya yiğimining miqdori transport vositasining turi, toifasi va işlab çiqarilgan vaqtiga qarab, bazaviy hisoblaş miqdorining (BHM) 30 barobaridan (9 mln 900 ming söm) 1500 barobarigaça (495 mln söm) qilib belgilangan.

Köpçilik uçun qiziq bölgan, işlab çiqarilganiga 3 yildan ortiq vaqt bölmagan