Osiyo O‘yinlari-2022. O‘zbekiston 120 daqiqa davom etgan bahsda Indoneziyani mag‘lub etib, chorakfinalga chiqdi
Osiyo O‘yinlari-2022 nimchorakfinali doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasi Indoneziyaga qarshi maydonga tushdi.
Hangjou shahrida o‘tgan bahsda Temur Kapadze shogirdlari o‘yinning asosiy vaqtida indoneziyaliklar bilan durang qayd etishdi – 0:0.
Qo‘shimcha bo‘limlarning dastlabkisi boshlanganidan 2 daqiqa o‘tib, Jasur Jaloliddinovning uzatmasidan keyin zaxiradan maydonga tushgan Sherzod Esonov hisobni ochdi, 120-daqiqada esa dublga erishib, o‘yin qahramoniga aylandi – 2:0.
Shu tariqa, O‘zbekiston chorakfinalda Saudiya Arabistoni – Hindiston uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. 1/4 final o‘yini 1 oktyabr kuni o‘tkaziladi.
Osiyo O‘yinlari-2022. Futbol. 1/8 final
O‘zbekiston U23 – Indoneziya U23 – 2:0
Gollar: Sherzod Esanov, 92, 120.
O‘zbekiston U23: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 8. Ibrohim Ibragimov, 9. Ulug‘bek Hoshimov,10. Jasurbek Jaloliddinov, 14. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 17. Abdurauf Bo‘riyev (Sherzod Esanov, 91), 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchayev, 20. Ruslanbek Jiyanov.
Zaxira tarkibi: Otabek Boymurodov, Shohjahon Sultonmurodov, Alisher Odilov, Mahmud Mahamadjonov, Behzod Shamsiyev, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Asadbek Rahimjonov, Eldor Begimov, Hamidullo Abdunabiyev.
Indoneziya U-23: 20.Ernando Ari Sutaryadi, 2.Amiruddin Bagas Kaffa Arrizqi, 3.Andi Setyo Nugroxo, 5.Rizki Ridxo Ramazoni, 19.Alfeandra Divangga Santosa, 12.Doni Tri Pamungakas, 15.Muhammad Muslihuddin, 17.Syahrian Abimanyu, 9.Muhammad Ramazon, 10.Egi Mavlana Vikri, 11.Ranai Melvan Rumakiyek.
Chetlatish: Ugo Samir, 112.
Mavzuga oid
18:34 / 03.07.2024
O‘zbekiston U23 jamoasining Parij Olimpiadasi uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi
00:12 / 04.05.2024
Parij-2024. O‘zbekiston guruh bosqichini Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi
22:43 / 03.05.2024
Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston finalda Yaponiyaga mag‘lub bo‘lib, ketma-ket ikkinchi marta qit’ada ikkinchi o‘rinni egalladi
16:30 / 30.04.2024