Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oktyabr oyining boshida quruq va issiq ob-havo kuzatiladi
O‘zbekiston bo‘yicha 29-30 sentabr va 1-2 oktyabr kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.
Bugun va bayram kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida 30 sentabrda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, harorat kechalari asosan +10...+15 daraja, kunduz kunlari +23...+28 daraja bo‘ladi.
29-30 sentabr kunlari respublikaning ba’zi joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30 sentabr, shanba kuni kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol asosan sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 30 sentabrda 10-12 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +12...+15 daraja, kunduzi +23...+26 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:27 / 26.06.2026
Hafta oxirida o‘zgaruvchan havo kuzatiladi
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
11:37 / 22.06.2026
Hafta davomida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
09:15 / 22.06.2026