28 sentabr kuni AOKA binosida Madaniy meros agentligi mas’ullari iştirokida Özbekistonning arxeologik merosi muhofazasi masalalariga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi. Tadbir davomida Kun.uz muxbiri tomonidan Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxatiga kirgan «Şarq» naşriyoti va ÖzAga tegişli binolarining xususiylaştirilişi böyiça savol bilan murojaat qilindi.
— Bir muddat avval davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan poytaxtdagi «Şarq» naşriyoti va Özbekiston milliy axborot agentligi boşqa binoga köçirilib, ular joylaşgan bino sotilişi borasida xabar e’lon qilingan edi. Bunga javoban Madaniy meros agentligi bu binolar madaniy meros obekti hisoblanişi va uni sotiş mumkin emasligi haqida bayonot bilan çiqdi. Ammo keyinroq Davlat aktivlarini boşqariş agentligi u yerdagi töliq hudud madaniy merosga kirmaydi, hududlarni kelişib olişimiz kerak, deya yana munosabat bildirdi.
Mana şunday bayonotlar ortidan katta muammo ham körinib qolmoqdaki, Özbekistonda madaniy meros obektlarining reyestri yöqmi va yoki bölsa, u nega işlamayapti? Nega bu reyestrdan davlatning barça organlari xabardor emas?
Tursunali Qöziyev, Madaniy meros agentligi direktorining birinçi örinbosari:
— Ha, siz aytgan jarayonlar haqida xabar topmagan vatandoşlarimiz deyarli qolmadi. Hozirda ikki agentlik masalani aniqlaştirib boryapti. Aniq reyestri yöqmi, deyapsiz. Oldin bunday kamçiliklar bölgan rostan ham. Bitta obekt ikkita bölib röyxatga olingan holatlar ham bor. Oldingi bölgan kamçiliklarni qöyib turaylik. Hozir aniqlaş böyiça işlar ketyapti, butun dunyoda madaniy meros obektlari atrofida böladigan bahsli holatlarning bir körinişi bu ham. Asosiy e’tiborni aybdor izlaşga emas, öşa obektlarni saqlab qilişga qaratişimiz kerak böladi. Şuning uçun oxirgi bahslarda ikki tomon ham Toşkent şahrining taşqi qiyofasini saqlab qoliş böyiça kelişuv qilmoqda.











