ÖzA va “Şarq” naşriyotiga tegişli Toşkentdagi binolar (umumiy yer maydoni 3,02 gektar, bino maydoni 56,5 ming kv.m.) yaxlit kompleks sifatida xususiylaştiş uçun ommaviy auksionga qöyilgani ma’lum qilingandi. Bunga Madaniy meros agentligi munosabat bildirdi.
Agentlikka köra, “Şarq” naşriyoti matbaa korxonasi AJ binolari (Toşkent şahri, Mirobod tumani, Buyuk Turon köçasi, 41-uy manzilida joylaşgan) Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi qarori bilan Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxatiga madaniy meros obekti sifatida kiritilgan.
“Obekt 1979-1983 yillarda qurilgan jami 14 ta bino, 2 ta bino qismi hamda 5 ta inşootdan iborat bölib, umumiy maydoni 60 736,0 m2 ni taşkil etadi.
“Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq, davlat mulkida turgan moddiy madaniy meros obektlari davlat tasarrufidan çiqarilişi va xususiylaştirilişi mumkin emasligi belgilangan”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Bundan taşqari, agentlik “Davlat mulkini boşqariş töğrisida”gi qonunning 19-moddasiga asosan, moddiy madaniy meros obektlari, arxiv hujjatlari, davlat muzeylari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, şu jumladan xiyobonlar va botanika boğlari xususiylaştirilmaydigan davlat mulklari etib e’tirof etilganini qöşimça qilgan.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Madaniy meros agentligi tomonidan Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga uşbu madaniy meros obektini auksion savdolaridan olib taşlaş yuzasidan 21 sentabr kuni ogohlantiriş berildi”, – deyiladi agentlik xabarida.
Avvalroq, binolar sotuvga qöyilgani uçun “Şarq” naşriyoti Uçtepa tumani Katta Xirmontepa köçasida joylaşgan yangi binoga köçirilişi ma’lum qilingandi. Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabariga köra, bunga bino va işlab çiqariş uskunalari ma’nan eskirgani, ta’mirtalab va yaroqsiz holatga kelgani sabab bölgan.
Şu bilan birga, Mirobod tumani Buyuk Turon köçasida joylaşgan Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA) şaharning Mirobod tumani Matbuotçilar köçasida joylaşgan Matbuot uyiga köçirilişi xabar qilingan.
Binolar zamonaviy şaharsozlik talablariga mos keluvçi yagona mulkiy majmuaga aylantirilişi aytilmoqda.












