AQSh Serbiyani Kosovo chegarasidan qo‘shinlarini uzoqlashtirishga chaqirdi
Oq uyning ma’lum qilishicha, Serbiya Kosovo bilan chegarasida harbiy jihatdan «misli ko‘rilmagan» darajada kuchaygan.
Oq uy Serbiya Kosovo bilan chegarasida harbiy jihatdan «misli ko‘rilmagan» darajada kuchayganini ma’lum qildi va Belgradni qo‘shinlarini olib ketishga chaqirdi.
Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqa koordinatori Jon Kirbi kundalik onlayn matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Kosovo chegarasi bo‘ylab «misli ko‘rilmagan» serb harbiylari to‘planishini kuzatilayotganini aytib, u shunday dedi: «Biz buni juda beqarorlashtiruvchi voqea deb hisoblaymiz».
«Biz Serbiyani bu kuchlarni chegaradan olib chiqib ketishga va keskinlikni yumshatishga yordam berishga chaqiramiz», - deya ta’kidladi koordinator.
AQShning Serbiya va Kosovo, shuningdek, NATO va Yevropadagi ittifoqchilari bilan yaqin aloqada ekanligini aytgan Kirbi, 24 sentabr kuni Kosovo shimolida bir politsiyachining serblar otishmasida halok bo‘lgan voqea tekshirilishi kerakligini bildirdi.
Kirbi so‘z yuritilayotgan hujumda 30 ga yaqin kishining ishtirok etganini bildirib, jinoyatchilarning adolatga tortilishi kerakligini ta’kidladi.
Kosovoda egallab olingan qurollar nafaqat mintaqadagi, balki xalqaro xodimlar, jumladan, NATO qo‘shinlari uchun ham xavf tug‘dirayotganini aytib, vaziyatni yaqindan kuzatishda davom etishini qo‘shimcha qildi.
Kirbi, xususan: «Hozirgi voqealardan kelib chiqqan holda, NATO tinchlikparvar kuchlarining (KFOR) Kosovodagi mavjudligi kuchaytiriladi» dedi.
Jon Kirbi barcha tomonlarni bosiqlikka chaqirar ekan, diplomatik harakatlarning davom etishini qayd etdi.
Mavzuga oid
02:48
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26
Tramp atrofida aylanayotgan Amerika siyosati: nega bunday bo‘ldi?
21:46 / 05.11.2024
«Tramp prezident bo‘lsa, Yaqin Sharqdagi vaziyat qiyinlashadi» - Kamoliddin Rabbimov
18:53 / 05.11.2024