Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Daraxtlar reyestri»: yashil ekinlarni asrashga qaratilgan qo‘shma loyiha boshlanmoqda
Dastlabki loyiha Toshkent shahrida boshlanadi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, «Zamin» fondi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida «Daraxtlar reyestri» yangi qo‘shma loyiha boshlanmoqda.
Dastlabki loyiha Toshkent shahrida boshlanadi. Maqsad - yashil ekinlarni, jumladan, qurilishni rejalashtirish bosqichida asrash hamda ularning to‘liq hisobini joriy etish, shuningdek, noqonuniy kesish holatlarida chora ko‘rish.
Loyihaning asosiy vazifasi davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, barcha parametrlari va ahvolini ko‘rsatgan holda daraxtlarning raqamli reyestrini yaratishdan iborat.
Ma’lumot uchun, daraxtlar reyestrining onlayn platformasi davlat idoralarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi, bu shaharsozlikni rejalashtirish, daraxtlarni parvarishlash sifatini yaxshilash hamda ularning hisobini yuritishda inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
10:00 / 13.06.2026
Sud ekspertlarining davlat reyestri yuritiladi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
08:36 / 18.02.2026
O‘zbekistonda tan olinadigan akkreditatsiya tashkilotlari reyestri yuritiladi
11:54 / 16.02.2026