Davlat xaridlari bilan bog‘liq 15 ta holatda qonunbuzilish holatlari aniqlandi
13,7 mlrd so‘mlik davlat xaridini amalga oshirish bo‘yicha komissiya bayonnomalari bekor qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar bo‘yicha sentabr oyi monitoringi natijalarini e’lon qildi.
Qayd qilinishicha, ayrim davlat buyurtmachilari 15 ta holatda jami 13,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda bir qator qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan.
Jumladan:
– Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi buyurtmachiligida davlat xaridlari elektron axborot portaliga 24 avgust kuni joylashtirilgan 1,8 mlrd so‘mlik autsorsing xizmatini amalga oshirish;
– Oqqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi buyurtmachiligida davlat xaridlari elektron axborot portaliga 31 avgust kuni joylashtirilgan 250 mln so‘mlik mebellar xarid qilish;
– Denov tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi buyurtmachiligida davlat xaridlari elektron axborot portaliga 18 avgust kuni boshlang‘ich qiymati 712,1 mln so‘mlik kompyuter, elektron va optik qurilmalar xarid qilish;
– Bo‘stonlik tumani imkoniyati cheklangan bolalar uchun 125-sonli ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab-internati buyurtmachiligida davlat xaridlari elektron axborot portaliga 5 sentabr kuni joylashtirilgan boshlang‘ich qiymati 200,5 mln so‘mlik xomashyolarni sotib olish;
– Qarshi xalqaro aeroporti buyurtmachiligida 12 sentabr kuni 434 mln so‘mga issiqlik tizimini modernizatsiya qilish xizmatini amalga oshirish yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunchilikka zid holatlar aniqlangan.
Xususan, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 20-moddasi (xarid komissiyasining huquq va majburiyatlari), 42-moddasi (Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari) va 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) hamda «Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan nizomning bir qator talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.
Shu kabi Yashil Energiya MChJ buyurtmachiligida elektron axborot portalida 1 avgust kuni qiymati 2,2 mlrd so‘mlik deklarant xizmatlaridan foydalanish yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridi o‘rganilganda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunning 32-moddasi (baholash mezonlariga va tartib-taomillariga taalluqli qoidalar) hamda Vazirlar Mahkamasining «Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga amal qilinmagani ma’lum bo‘lgan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Agentlik tomonidan buyurtmachilarga taqdimnoma kiritilib, davlat xaridlari bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomalari bekor qilingan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi

13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

12:21 / 05.03.2025
Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti keldi - prezident

11:44 / 05.03.2025