NASA astronavti Frank Rubio kosmosda 371 kunlik sayohatni amalga oşirdi. Bu — AQŞ uçun rekord daraja, bundan oldin mamlakat uçun fazoda eng köp qoliş muddati 355 kun edi.
Frank Rubio bir yildan oşiq vaqt davomida fazoda 253,3 mln kilometrni bosib ötgan, Yer atrofida 5 963 marta aylangan. Şunça uzoq davom etişiga qaramay uning sayohati 90 yillarda kosmosdagi “Mir” xalqaro stansiyasida 437 kun bölgan rus kosmonavti Valeriy Polyakovnikidan taxminan 2 oy kamroq.

Yuzida tabassum bilan Yerga qaytgan kosmonavt Rubioni Qozoğistonning Jyezkazğan şahri yaqiniga kelib qöngaç, qöniş joyidan kapsulada kötarib olib ketişgan. Sababi Xalqaro Kosmik stansiyada uzoq vaqt past tortişiş muhitida böliş astronavtning tanasiga sezilarli ta’sir qilgan.

Frank Rubioning bir yildan oşiq davom etgan sayohati insoniyat uzoq vaqt fazoda bölganda tanada qanday özgarişlar bölişi va yuzaga keladigan muammolarni qanday yengiş mumkinligi haqida örganişga yordam beradi. Rubio fazoda bölib turganda sport jihozlari bilan maşq qiliş inson tanasiga qanday ta’sir qilişini örganişda qatnaşgan birinçi kosmonavt böldi.
Insoniyat Quyoş sistemasini çuqurroq örganişni reja qilayotgan bir paytda bunday tadqiqotlar juda muhim. Masalan, Marsni örganiş dasturi böyiça fazoda 1100 kun – 3 yil böliş reja qilingan. Marsga jönatiladigan kosmik kema Xalqaro Kosmik ctansiyadan kiçikroq hajmda böladi va bu kemaga yengil va kiçik hajmli sport jihozlarinigina örnatiş mumkin.
Tananing jismoniy tuzilişidan taşqari inson tanasiga uzoq vaqt kosmosda qoliş qanday ta’sir qilişi ham qiziq.
Suyaklar va muşaklar qisqaradi
Qöl-oyoqlarimizga nisbatan doimiy tortişiş kuçi bölmasa, muşaklar va suyaklarimiz fazoda tezlik bilan qisqarişni boşlaydi. Eng köp ta’sirlanadigan qismlar tanamizni tik tutişga yordam beradigan orqa, böyin, boldir va sonning old taraf qismi hisoblanadi. Mikrogravitatsion muhitda tananing bu qismlarining işlaşi deyarli şart emas va tezlik bilan qisqarişni boşlaydi. Atigi 2 haftalik kosmosga sayohatdan söng muşaklar 20 foizga, 3 oydan 6 oyçaga bölgan uzoq muddatli sayohatda esa 30 foizgaça qisqarişi mumkin.





















