Milliarder Jyeff Bezosga tegişli bölgan Blue Origin kompaniyasi tomonidan qurilgan New Glenn raketasi payşanba kuni tunda AQŞning Florida ştatidagi uçiriş maydonçasida portlab ketdi. Portlaş taxminan soat 21:00 da – bölajak uçiriş oldidan ötkazilayotgan sinov paytida yuz bergan.

«Bugungi öt oçiş sinovi paytida nosozlikka duç keldik. Barça xodimlarning xavfsizligi tasdiqlandi», deyiladi kompaniyaning rasmiy bayonotida.

New York Times'ning yozişiça, sinovdan maqsad raketani uçiriş maydonçasida mustahkam uşlab turgan holda, uning tezlaştiruvçi bosqiçidagi yettita dvigatelni öt oldiriş edi. Ammo, sinov vaqtida alanga raketaning yon tomonlari böylab kötarila boşladi va kuçli portlaş uçiriş maydonçasini qoplab oldi.

Olovli şar Koinot kuçlari stansiyasidagi uçiriş maydonçasi va uning atrofidagi jihozlarga jiddiy zarar yetkazdi. Bu Blue Origin kompaniyasining taxminan 98 metrli «New Glenn» raketasi uçun yagona uçiriş maydonçasi hisoblanadi. Ta’mirlaş işlari, katta ehtimol bilan, kamida bir neça oy davom etadi.

Raketa Amazon kompaniyasining «past Yer orbitasi» ma’nosini anglatuvçi LEO internet sun’iy yöldoşlari tizimi uçun 48 ta sun’iy yöldoşni olib çiqişi kerak edi. LEO — SpaceX'ning Starlink tarmoğiga raqobatçi hisoblanadi. Amazon sun’iy yöldoşlari raketa bortida bölmagan.

«Asosiy sababni bilişga hali erta, biroq biz uni aniqlaş ustida iş boşladik. Juda oğir kun böldi, lekin biz qayta tiklanişi kerak bölgan hamma narsani tiklaymiz va parvozlarga qaytamiz. Bu bunga arziydi», deb yozdi Bezosning özi.

Bezosning milliarder raqobatçisi Ilon Mask ham unga hamdardlik bildirdi: «Buni körişdan afsusdaman, tez fursatda tiklanib olişingizni tilayman», dedi u.