Misr prezidenti uchinchi muddatga saylanishga qaror qildi
Abdulfattoh as-Sisiy qayta saylansa, 2019 yilda qabul qilingan konstitutsiyaviy tuzatishlar tufayli kamida 2030 yilgacha davlat rahbari bo‘lib qoladi.
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovda davlat rahbari lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishini aytdi.
«As-Sisiy dekabrga belgilangan prezidentlik saylovida uchinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yishini tasdiqladi», deyiladi Al-Arabiya xabarida.
O‘z navbatida, prezident tarafdorlari Al-Jiza shahridagi Qohira universiteti kampusi yaqinida uni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyish o‘tkazishdi.
Misr prezidentligiga nomzodlar oktabr oyining oxirida, keyin esa 9 noyabrdan 29 noyabrga qadar saylovoldi tashviqoti uchun nomzodlarini taqdim etadilar.
Misrda prezidentlik saylovi 10-12 dekabr kunlariga belgilangan. Ekspertlarning ko‘pchiligi amaldagi prezident g‘alaba qozonishini kutmoqda. Agar u qayta saylansa, 2019 yilda qabul qilingan konstitutsiyaviy tuzatishlar tufayli kamida 2030 yilgacha davlat rahbari bo‘lib ishlaydi. O‘zgarish prezidentlik muddatini 6 yilgacha oshirishni nazarda tutadi.
Misr saylov komissiyasining bildirishicha, saylov natijalari 23 dekabrda, ikkinchi tur o‘tkazilgan taqdirda esa kelasi yilning 16 yanvaridan kechiktirmay e’lon qilinadi.
As-Sisiy 2014 yilda Misr prezidenti bo‘ldi va 2018 yilda qayta saylandi. Ikkala saylovda ham u 97 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.
Mavzuga oid
19:01 / 01.11.2024
AQSh partiyalari saylov kampaniyasiga qancha pul sarflagani hisoblab chiqildi
10:00 / 31.10.2024
Netanyahu: Misrning 48 soatlik otashkesim haqidagi taklifi Isroilga taqdim etilmadi
14:30 / 29.10.2024
Misr G‘azoda ikki kunlik sulh tuzishni taklif qildi
22:18 / 28.10.2024