Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Tergov qo‘mitasi Ukraina qo‘mondonlariga sirtdan ayblov e’lon qildi
Xususan, Ukraina «GRU» rahbari Kirill Budanov va Ukraina harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshchukka nisbatan ayblovlar ilgari surildi.
Ukraina oliy harbiy rahbariyati vakillari Rossiya hududida «terrorchilik harakatlari» sodir etganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi (RTQ) xabar berdi.
«Tergov Ukraina oliy harbiy rahbariyatining 2022 yil aprelidan 2023 yil sentabriga qadar Moskva va Moskva viloyati hududlarida samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda 100 dan ortiq havo hujumlarini tashkil etish va amalga oshirishda ishtirok etgani to‘g‘risida yetarli dalillar to‘pladi. Ular Qrim Respublikasi va Sevastopol shahri, Rostov, Belgorod, Bryansk viloyatlari va Rossiya Federatsiyasining bir qator boshqa viloyatlarida kuzatilgan», - deyiladi xabarda.
Xususan, Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov, Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshchuk, Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Aleksey Neyjpapa, Ukraina Harbiy-havo kuchlarining masofadan boshqariladigan samolyotlarining 383-alohida polkining komandiri Sergey Burdenyukka sirtdan ayblov e’lon qilindi. Shuningdek, sudlanuvchilar jinoyat sodir etishga o‘zlariga bo‘ysunuvchi harbiy xizmatchilarni jalb qilgani aniqlandi.
Tergov qo‘mitasining xulosasiga ko‘ra, yaqin kelajakda tergov ularni qidiruvga berish va sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlashni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
10:34 / 19.04.2026
Ukraina dronlari Rossiya neft sanoatiga hujumlarni davom ettirmoqda
20:49 / 18.04.2026
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ukraina tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
09:15 / 18.04.2026
Zelenskiy Minskka keskin signal yo‘lladi
16:47 / 16.04.2026