The Times Higher Education xalqaro tashkiloti 2024 yil uchun dunyodagi top universitetlar reytingini e’lon qildi. Reytingga 108 ta mamlakatning 1 904 ta oliygohi kiritilgan. OTMlar reytingi 5 ta: o‘qitish, tadqiqot muhiti, tadqiqot sifati, ishlab chiqarish va xalqaro istiqbol yo‘nalishlarida 18 ta ko‘rsatkich bo‘yicha baholangan.
Top 10 talik quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Oksford universiteti — Buyuk Britaniya;
- Stendford universiteti — AQSh;
- Massachusets texnologiya instituti — AQSh;
- Harvard universiteti — AQSh;
- Kembrij universiteti — AQSh;
- Prinston universiteti — AQSh;
- Kaliforniya texnologiyalar universiteti — AQSh;
- London imperial kolleji — Buyuk Britaniya;
- Kaliforniya universiteti — AQSh;
- Yel universiteti — AQSh.
Reyting tahliliga ko‘ra, Oksford universiteti ketma-ket sakkizinchi yil reytingda birinchi o‘rinni egallab turibdi, biroq kuchli beshlikdagi boshqa OTMda o‘zgarishlar bor. Stenford universiteti ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib, Harvard universitetini to‘rtinchi o‘ringa tushirdi.
Massachusets texnologiya instituti (MIT) bu yil ikki pog‘onaga ko‘tarilib, uchinchi o‘rinni egalladi. Kembrij universiteti o‘tgan yili qo‘shma uchinchi o‘rinni egallaganidan keyin beshinchi o‘ringa tushib ketgan.
AQSh reytingga eng ko‘p OTM kirgan davlat bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda Buyuk Britaniya. Top 3 ni Hindiston yakunlab bergan.
Universitetlar reytingi nega kerak?
Reytingda qatnashish davomida OTMlarda sog‘lom ichki dialog o‘rnatiladi. Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti (OECD) o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, 68 foiz OTM rektorlari reytinglarni strategik, tashkiliy va akademik o‘zgarishlarni amalga oshirishda asosiy vosita sifatida ishlatadi.
Reytinglar OTM brendini yaratishga, uni xalqaro darajada tanitishga yordam beradi. Masalan, xalqaro talabalar universitet tanlashda ikkinchi eng muhim omil OTMning reytingi hisoblanadi









