Osiyo Öyinlarida qiliçbozlik böyiça mamlakatimiz uçun tarixiy natija qayd etgan Gulistan Perdebayeva va Dilnaz Murzatayeva Toşkent – Qönğirot yönalişidagi poyezdda Nukusga qaytdi. Poyezdda ularga Samarqanddan tasodifan hamroh bölgan Tribuna.uz amaliyotçi jurnalisti sportçi qizlar va ularning onasi bilan eksklyuziv suhbat uyuştirdi.
«Baqirib, yiğlab yuboray dedim»
Vagondagi birinçi suhbatdoşimiz Osiyo Öyinlarida qiliçbozlikning şpaga yönalişida bronza medali sohibasi bölgan Dilnaz Murzatayeva böldi.

«Qiliçbozlik bilan 5 yildan buyon şuğullanaman. Oçiğini aytsam, bu medalni olaman, deb öylamagandim. Çunki, kattalar örtasida ötadigan musobaqaga borgan eng yoş sportçi edim. Lekin, özingga işonsang hamma narsaga erişiş mumkinligini özim uçun motivatsiya qilib oldim va bu haqiqat ekanligiga uşbu musobaqada amin böldim.

Ğalabani qölga kiritgan lahzalar judayam emotsional böldi. Baqirib yiğlab yuboray dedim. Lekin, hamma kameralar menga qarab turgan edi. Şunga biroz özimni tutdim. Ustozlarim ham barakalla, deb baqirib olqişladi. Yaqinlarim ham juda xursand böldi, ayniqsa oyim. Barakalla qizim! Senga işongandim, zör iştirok etding deb qöllab-quvvatladi. Keyingi maqsadlar 2028 va 2032 yilgi Olimpiadada iştirok etib, ğoliblikni qölga kiritiş!», - deydi Hangjou-2022 sovrindori 17 yoşli Dilnaz Murzatayeva.
«Bu quvonç köz yoşlari edi»
Keyingi suhbatdoşimiz Osiyo Öyinlarida qiliçbozlikning sablya yönalişi böyiça jamoaviy bahslarning oltin medali sohibasi Gulistan Perdebayeva böldi.

«Ğoliblikni qölga kiritgaç, judayam quvondim. Köz yoş haqida öylamagan edim. Hammasi 5 daqiqa içida böldi. Har qança urinmay, köz yoşimni tiya olmay qoldim. Köz öngimda qanday bahs olib borganimni keltirdim. Bu hammasi quvonç köz yoşlari edi.



















