Toşkent Olimpiya öyinlari oldidan 2027 yilgi qiliçbozlik böyiça kattalar örtasida jahon çempionatiga mezbonlik qiladi. Bu Xalqaro qiliçbozlik federatsiyasi (FIE) kongressida ma’lum böldi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qömitasi.
Musobaqa 2027 yilning 20−28 iyul kunlari bölib ötadi va Los-Anjyelesda 2028 yil 14−30 iyul kunlari ötkaziladigan Olimpiya öyinlariga saralaşda muhim rol öynaydi. Çempionatda töplangan oçkolar sportçilarning Olimpiya öyinlariga saralanişiga ta’sir qiladi.
Kongressda kelib çiqişi Özbekistondan bölgan rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonov FIE prezidenti etib saylandi. Uning saylovlardagi raqibi Şvetsiya qiliçbozlik federatsiyasi prezidenti Otto Drakenberg böldi. Usmonov 120, Drakenberg 26 ovoz oldi.
Tadbir davomida yil yakuni böyiça taqdirlaş marosimi ham bölib ötdi. Yilni yoşlar örtasidagi jahon reytingida yetakçi sifatida yakunlagan Özbekiston qiliçbozlik terma jamoasi vakili Fernanda Errera taqdirlandi.













