Ukrainaga hujum munosabati bilan Rossiyadan çiqib ketgan uç nafar qiliçboz – Konstantin Loxanov hamda Sergey Bida va Violetta Bida Amerika fuqaroligini oliş uçun ariza topşirdi. Sergey Bida va Konstantin Loxanov 2024 yilda Parijda bölib ötadigan Olimpiada öyinlarida AQŞ nomidan qatnaşmoqçi. Bu haqda 12 yanvar, juma kuni USA Today Spors onlayn-naşri xabar berdi.
Naşr ma’lumotlariga köra, sportçilar Qöşma Ştatlar Olimpiya va Paralimpiya qömitasi (United States Olympic & Paralympic Committee, USOPC), şuningdek, AQŞ qiliçbozlik assotsiatsiyasi (USA Fencing) tomonidan qöllab-quvvatlangan. USA Today ruslar uçun ikkala taşkilot tomonidan berilgan kafolat xatlarining nusxalariga ega.
Naşr USA Fencing boş direktori Fil Endryusning AQŞ Kongressiga murojaatidan iqtibos keltiradi: «Uçalasi ham katta şaxsiy xarajat evaziga qurbonlik qildi va öz hayotini xavf ostiga qöyib, mamlakatimiz vakili bölmoqçi. Ularni bu favqulodda holatda qöllab-quvvatlaş uçun barça sa’y-harakatlarni körişga çaqiraman».
Bidalarga qarşi jinoiy iş
Ayni paytda, The Insider onlayn-naşri eslatişiça, Rossiyada Sergey va Violetta Bidaga nisbatan jinoiy iş oçilgan va ular qidiruvga berilgan. Bunga Sergey Bidaning rasmiy ravişda Rossiya gvardiyasi ofitseri va «Dinamo» jamiyati a’zosi, Violetta esa Rossiya Mudofaa vazirligi xodimi va TsSKA armiya sport klubi a’zosi ekanligi sabab bölişi mumkin, deb hisoblaydi jurnalistlar. «Meduza» internet naşrining xabar berişiça, Bidalarga nisbatan harbiy qismni ruxsatsiz taşlab ketiş moddasi böyiça jinoiy iş oçilgan.
2023 yilning yozida qiliçbozlar AQŞga köçib ötdi va mahalliy sport ustalari akademiyasi tomonidan qabul qilindi. Birinçi musobaqadayoq Sergey Bida jamoaviy turnirda oltin medalni qölga kiritdi, deb xabar beradi The Insider.
USA Today naşriga bergan intervyusida Sergey va Violetta Bida Rossiyaning Ukrainaga hujumi yoki Rossiya hukumati harakatlarini muhokama qilişdan boş tortdi. Şu bilan birga, Violetta Bida homiladorligini va şuning uçun Parijdagi Olimpiadada qatnaşa olmasligini ma’lum qildi.
Konstantin Loxanov Ukrainaga hujum boşlanişidan bir kun oldin Rossiyani tark etdi. Amerikalik jurnalistlar bilan suhbatda u bu uruşni qoraladi: «Ular (Rossiya rasmiylari) uruşni odamlarni öldiriş bilan boşladi va buni normal holat deb qabul qildi».

















