OTB O‘zbekistonda elektromobillarni ommalashtirishga 170 mln dollar yo‘naltiradi
Loyiha doirasida elektrobuslar parkini va yordamchi infratuzilmani joylashtirish, jamoat transporti tizimini yaxshilash belgilangan.

Foto: Transport vazirligi
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda elektromobillarni ommalashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirmoqchi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, vazir birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov OTB vakillari bilan uchrashib, Yashil iqlim fondining «Elektromobillik dasturi»ni moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.
Dastur tijorat elektromobillarini ommalashtirishdagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan. U 4 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: elektrobuslar parkini va yordamchi infratuzilmani joylashtirish, jamoat transporti tizimini yaxshilash hamda uning barqarorligini ta’minlash, elektromobillarni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash.
Qayd etilishicha, dasturni moliyalashtirish bo‘yicha taklif etilayotgan mablag‘ 170 mln dollarni tashkil etadi. Shundan 65 mln dollari grant, qolgan 105 mln dollari qarz mablag‘idan iborat.
2024 yilgacha mamlakatda qurib bitkazilgan savdo va biznes markazlari, ko‘ngilochar va dam olish maskanlari, AYoQSh, mehmonxonalar, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari bo‘yida elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini kiritish talabi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
-
Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov
Jahon | 23:03 / 23.05.2025
Mavzuga oid

08:52 / 12.05.2025
O‘zbekistonda OTB ishtirokida 23 ta yangi loyiha amalga oshiriladi

14:43 / 20.12.2024
OTB O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni yaxshilashga ko‘maklashadi

15:43 / 20.11.2024
OTB O‘zbekistonning iqlimga moslashish islohotlari uchun 250 mln dollar ajratdi

16:20 / 17.10.2024