OTB O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni yaxshilashga ko‘maklashadi
OTB O‘zbekistonning beshta hududida 500 ta bog‘chani rivojlantirish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda maslahat yordamini ko‘rsatadi.

Foto: O‘zA
Osiyo taraqqiyot banki Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida davlat-xususiy sheriklik asosida yuqori sifatli maktabgacha ta’limni ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining tranzaksiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida faoliyat yuritadi.
Bank Samarqand viloyatidagi 100 ta maktabgacha ta’lim muassasasini rivojlantirish bo‘yicha shu kabi maslahat xizmatlarini ko‘rsatmoqda.
OTBning beshta hududda tranzaksiya bo‘yicha maslahati yordamida mamlakatda 500 tagacha (har bir hududda 100 ga yaqin) maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etiladi, bu esa 75 ming nafar o‘quvchiga foyda keltiradi.
Loyihalar ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirishga ko‘maklashadi.
OTB ko‘magi loyihalar tayyorlash, ularni tashkil qilish va har bir loyiha uchun malakali xususiy hamkorlarni jalb qilishda yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.
Bank ularni amalga oshirishda O‘zbekistonning DXSh bozorini rivojlantirish tajribasiga tayanadi hamda davlat va xususiy sektorni DXShni amalga oshirish salohiyatini kuchaytirishda qo‘llab-quvvatlaydi.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

21:51 / 13.03.2025
“Bolalarni qo‘rqoq qilib qo‘ymasligimiz kerak” - bog‘chadagi zo‘ravonliklar haqida suhbat

18:47 / 24.12.2024
Kelgusi o‘quv yilida 100 dan ziyod maktab tashkil etiladi, 162 ta bog‘cha quriladi

15:43 / 20.11.2024
OTB O‘zbekistonning iqlimga moslashish islohotlari uchun 250 mln dollar ajratdi

21:15 / 08.10.2024