Şvetsariyaning Micro kompaniyasi sayyohlarga möljallangan Spiaggina nomli butunlay yangi modelni taqdim etdi. Maşina old tomondagi yagona eşigi, elektr yuritgiç va kiçkina ölçamlari bilan ajralib turadi.
Spiaggina yengil elektromobillar toifasiga mansub bölib, 12,5 kilovattli dvigatel yordamida soatiga 90 kilometrgaça tezlikka çiqa oladi. Biroq mitti maşinada uzoqqa borib bölmaydi, çunki 10,5 kVt/soat siğimli First Edition akkumulyatori bor-yöği 177 kilometr masofaga möljallangan. Ölçamlarga kelsak, uzunligi 2519 millimetr, kengligi 1473 millimetr va balandligi 1501 millimetrni taşkil qiladi.

Ikki yölovçiga möljallangan pufaksimon elektromobilning kuzovi pölat va alyuminiydan tayyorlangan, şuningdek, brezentli oçiladigan tomga ega. Avtomobil saloni kök/oq yoki kulrang/jigarrang sun’iy çarm bilan qoplangan va namlikka nihoyatda çidamli qilib işlangan. Bundan taşqari, har bir model funksiyalarini haydovçiga moslaştiriş imkonini beradigan Custom Program opsiyasi ham mavjudligi aytilmoqda.
Avtomobil sotuvi qaçon boşlanişi va narxlari ma’lum qilindi. Spiaggina’ning birinçi seriyasi 2025 yilda Yevropa bozoriga kirib keladi va uning boşlanğiç narxi 24 990 yevroni taşkil etadi. Şuningdek, talabgorlar hoziroq onlayn navbat röyxatiga ismini kiritişi mumkin.
















