Saudiya Arabistoni va Misr – eng katta arab davlatlari. Ular Falastin-Isroil nizosida muhim va ta’sir etuvçi kuçga ega. Kun.uz muxbiri nizoning joriy keskinlaşuviga bu ikki mamlakatning munosabati haqida Yaqin Şarq masalalari böyiça ekspert, Saudiya Arabistoni va Misrda faoliyat yuritgan diplomat Lutfiddin Xöjayev bilan suhbatlaşdi.

— Mintaqadagi asosiy davlatlar bölmiş Saudiya Arabistoni  va Misrning hozirgi töqnaşuvlarga bölgan munosabati qanday?

— Saudiya va Misr taşqi siyosatda Yaqin Şarq muammosi, jumladan, Falastin Isroil nizosini tinç vositalar bilan hal qilişga ustuvor e’tibor beradi. 1948 yil may oyida BMT tomonidan Falastin hududida ikki mustaqil davlat – Falastin va Isroil davlatlarini taşkil qiliş böyiça qaror qabul qilingan. Bundan arab dunyosi davlatlari norozi böladi, 1948-1952 yillarda nizolar yuzaga keladi. 1967 yilda Isroil Falastin yerlari, Misrning Sinay yarimoroli, Suriyaning Jölan tepaliklari, Livanning bir qismini bosib oladi. Bu vaziyatda Saudiya arab davlatlariga siyosiy, moddiy va insonparvarlik yordamlar körsatib keladi. Muammolarni hal qiliş böyiça köp taşabbuslarni ilgari surgan. 1982 yilda podşoh Fahd bin Abdulaziz Ol Saud  Arab-Isroil mojarosini BMT Xavfsizlik Kengaşi va Boş Assambleyasi tegişli qarorlari asosida siyosiy vositalar bilan hal etiş, xususan, Isroil  bosib olgan arab yerlarini qaytariş hisobiga Tel-Aviv bilan diplomatik alaoqalarni örnatişga oid öz taşabbusini ilgari suradi.

[2023 yil] 7 oktyabrdan keyingi voqealarga Saudiya tomoni ehtiyotkorlik bilan yondaşyapti. Birinçi örinda zulm va zöravonlikni töxtatib, tinç muzokaralar ötkaziş kerakligini ta’kidlamoqda. Jumladan, tinç aholi qurbon bölyapti. Ğazoda ijtimoiy va gumanitar vaziyat juda oğirlaşib ketayapti.  Şuning uçun Podşohlik har ikkala tomonni harbiy harakatlarni darhol töxtatib, muammoni muzokaralar yöli bilan, jumladan BMT Xavfsizlik Kengaşi va Boş Assambleyasining tegişli rezolyutsiyalari doirasida hal qilişga çaqiryapti.

— Nima uçun Saudiya jiddiy qadamlar taşlamayapti?

— Çunki vaziyat juda murakkab. Ham mintaqaviy, ham global darajadagi öyinçilar bor bunda. Şuning uçun yagona töğri yöl – muzokaralar, tinç vositalar. 2020 yilda AQŞ iştiroki bilan arab davlatlari va Isroil örtasida kelişuv ham bölgandi şu doirada.

— Deylik, Saudiya va BAA kabi davlatlarning HAMASga munosabati bu taşkilotning, aytaylik, Eron bilan hamkorlik qilişiga boğliqmi? Mintaqaviy va global öyinçilarga kengroq qarasak.

— HAMAS Falastindagi 2006 yilgi saylovlarda ğolib çiqqan edi. Falastindagi siyosiy kuçlar örtasida birlik yöq, eng katta muammo ham şunda. Falastin Ozodlik taşkiloti bor, uni Yosir Arofat boşqarar edi, keyinçalik bu maydonga HAMAS ham kirib keldi. Saudiya 1987 yildan HAMAS bilan hamkorlik qilişni boşladi va asosan moddiy yordam bergan. Saudiya Falastin aholisini oziq-ovqat va dori-darmonlar bilan ta’minlaş uçun katta mablağ ajratgan. 2001 yilgaça HAMAS juda erkin harakat qilgan, 1999 yilda Saudiya tomonidan 200 mln dollar ajratilgan edi HAMASni qöllaş uçun. Saudiya taklifi bilan Islom taraqqiyoti bankida Falastinga yordam körsatiş  va «al-Aqso» maxsus jamğarmalari taşkil qilingan. Podşohlik Falastinga xalqaro taşkilotlar jumladan, BMT, Islom hamkorlik taşkiloti va Arab davlatlari uyuşmasi doirasida yordamlar körsatyapti. Ta’kidlaş joizki, Saudiya Arabistoni insonparvalik yordamlarini taqdim etiş borasida asosiy donor mamlakatlardan biri hisoblanadi.

— Nega hozir Saudiya taşkilotdan masofa saqlagandek bölyapti?

— Saudiya yordam ham beryapti. 2007 yil Makkada Falastin vakillari Suriya, Saudiya vakillari huzurida özaro içki ixtiloflarni bartaraf etişga kelişgan edilar. Öşanda Falastindan HAMAS va Falastin ozodlik taşkiloti rahbarlari qatnaşgan va Falastin davlatini barpo etiş yölida birgalikda sa’y-harakat qiliş töğrisida Makkada majburiyat olişgan.

Hozirgi holat uzoqlaşiş emas, vaziyat murakkabligi deb izohlanadi. Lekin insonparvarlik yordami körsatiş doimgiday yuqori darajada bölyapti.

— Misr haqida ham gaplaşsak.

-Misr davlati Isroil va arab davlatlari mojarosini hal etişda doim faol qatnaşgan. 1967 yilgi uruşda Sinay yarim oroli va Suvayş kanali hududlari Isroil tomonidan bosib olingan. 1973 yil oktabr jangida Misr bosib olingan yerlarining bir qismini qaytarib olgan. Şundan söng Yaqin Şarq mojarosini diplomatik yöl bilan hal qilişga intilgan. AQŞ vositaçiligida1977 yilgi kelişuvda barça yerlarini qaytarib oliş töğrisida kelişuvga erişiladi. Misrning  Isroil bilan olib borgan ikki tomonlama muzokaralari aksariyat arab davlatlari tomonidan rad etilgan va qoralangan. Arab davlatlari uyuşmasi boş qarorgohi Qohiradan Tunisga (1984 yilga qadar) köçirilgan. Misrning uşbu taşkilotdagi a’zoligi töxtatilgan.

Umuman, Misr arab davlatlari orasida katta mavqega egadir. Bundan taşqari, Misr Falastin va Isroilga bilan çegaradoş.  2013 yil 30 iyun voqelaridan söng, ya’ni «Musulmon birodarlari» hokimiyatdan çetlaştirilgandan keyingi davrda Qohira mintaqa muammolari, ayniqsa, Falastin nizosi yeçimiga  katta e’tibor qaratyapti. AQŞ, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bu masalalarda muzokaralar olib borişda Misr diplomatiyasi vositaçiligiga tayanadi. Hozir ham Isroil-Falastin örtasida muzokaralarni taşkil etişda Misr tomoni faol sa’y-harakat qilmoqda.  Hatto «HAMAS» harakati tomonidan tayyorlanayotgan qöporuvçilik  haqida Misr tomoni oldindan Isroil mas’ullarini ogohlantirgan edi, degan xabarlar ham mavjud.

Ğazo sektori orqali Misrga ham kontrabanda mahsulotlari, qurol-yaroğ, giyohvand moddalar, terrorçilar kirib kelişi mumkin, Suriya orqali ötgan şunday kanal mavjud, şuning uçun Misr bu masalalarga katta e’tibor qaratadi.

— Isroil-Falastin uruşlaridan söng doim Isroil ma’lum hududni öziga qöşib olgan. Bu galgi uruşdan söng vayron bölgan Ğazo sektorining keyingi taqdiri qanday böladi?

— 2021 yilgi oxirgi töqnaşuvlardan söng Qohirada Misr, Iordaniya, Falastin rahbarlari örtasida uç tomonlama uçraşuv bölib, Ğazo sektorini qayta tiklaş masalalari köriladi. Qayta tiklaş işlariga misrliklar 500 mln dollar yordam körsatişni aytgan edi. Bu işlar töxtab qolmaydi, u yerda 2,4 mln aholi yaşaydi. Misrning Sinay yarimorolida qoçoqlarni joylaştiriş masalasi ham kötarildi, lekin bu narsa Qohira tomonidan qat’iy rad etildi.

Misr 1967 yil iyun oyigaça bölgan çegaralar  böyiça Falastin muammosini hal qilişni yoqlab çiqyapti. Arab davlatlari uyuşmasidan taşqari, Islom hamkorlik taşkiloti bor. Bu taşkilot tuzilganida asosiy maqsad Falastin masalasini hal etiş bölgan. Misr tomoni BMTda, Arab davlatlari uyuşmasida va Islom hamkorlik taşkilotida doim Falastin muammosini hal etişni yoqlab çiqadi.

Normuhammad Ali Abdurahmonov suhbatlaşdi.