BMT: G‘azo sektorida 1 millionga yaqin odam o‘z uyini tashlab ketdi
BMT agentligi G‘azo sektorida ichki ko‘chirilganlar sonining ko‘payishini kutmoqda. Isroil TsAXAL aholini evakuatsiya qilishga chaqirgan hudud janubiga suv ta’minoti qayta tiklanganini e’lon qildi.
BMTning 15 oktyabr, yakshanba kuni ma’lum qilishicha, HAMAS harakati va Isroil o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangani sababli G‘azo sektorining millionga yaqin aholisi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.
Ko‘chib ketganlarning haqiqiy soni yana ham ko‘proq bo‘lishi mumkin, chunki sohilbo‘yi hududdagi ko‘plab odamlar o‘z uylarini tark etishda davom etmoqda, dedi BMTning Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi matbuot kotibi Julett Tuma.
7 oktyabr kuni jangchilarning hujumiga javoban G‘azo sektorida qator obektlarga zarba bergan Isroil mudofaa kuchlari shu hafta bir necha bor g‘azoliklarni uylarini tark etib, sektor janubiga ko‘chishga chaqirdi. Turli manbalarga ko‘ra, TsAXAL harakatni tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanganlikda aybladi.
Isroil G‘azo sektoriga suv yetkazib berishni tikladi
Isroilning G‘azoga bergan zarbalari oqibatida 2600 dan ortiq odam halok bo‘ldi, deya ma’lum qildi Falastin tomoni. HAMASning Isroilga hujumi natijasida 1300 dan ortiq odam vafot etgan, deb yozadi Isroil OAV. TsAXALning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, yana 150 ga yaqin isroillik HAMAS jangchilari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan. Shundan so‘ng Isroil G‘azo sektoriga energiya blokadasi e’lon qilib, suv, yonilg‘i va energiya ta’minotini to‘xtatdi, HAMASdan garovga olinganlarni ozod qilishni so‘radi.
Isroil energetika vaziri Israel Kats 15 oktyabr kuni mamlakat rasmiylari AQSh prezidenti Jo Bayden bilan muzokaralardan so‘ng G‘azo sektori janubida aholini evakuatsiya qilishga yordam beradigan suv ta’minotini tiklashga kelishib olganini aytdi.
TsAXAL kuni kecha G‘azo sektorida quruqlikda keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazishga tayyorlanayotganini tasdiqladi. OAV xabarlariga ko‘ra, ob-havo sharoiti tufayli u bir necha kunga qoldirildi.
Mavzuga oid
16:16 / 16.11.2024
Ekspertlar: BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyalari «maqsadlarga mos kelmaydi»
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
09:46 / 12.11.2024
ADL va IHT Isroilni G‘azodan chiqib ketishga chaqirdi
19:17 / 11.11.2024