Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida havo harorati ko‘tariladi
Haftaning ikkinchi yarmida esa havo kunduz kunlari +22...+25 darajagacha, janubda +27 darajagacha isiydi. Kechasi va ertalab havo ancha iliq, harorat +7...+12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududining katta qismida asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat janubiy hududlarda, shuningdek, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 18 oktyabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Bugun kunduzi harorat +18...+20 daraja atrofida bo‘ladi, haftaning ikkinchi yarmida esa havo kunduz kunlari +22...+25 darajagacha, janubda +27 darajagacha isiydi. Kechasi va ertalab havo ancha iliq, harorat +7...+12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Poytaxtda 16-20 oktyabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechalari +7...+8 daraja iliqdan +11...+12 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi. 16-17 oktyabr kunlari kunduzi +19...+22 daraja, 18-20 oktyabrda +22...+25 daraja bo‘ladi.