Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 43 ta echkiemarni o‘ldirib, terisini shilgan brakoniyer jazolandi
Unga nisbatan jarima va 3 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.
Qashqadaryo viloyati, Dexqonobod tumanida 43 bosh echkiemarni o‘ldirgan brakoniyerga sud hukmi o‘qildi.
Qayd etilishicha, «Kasbi» mahallasida yashovchi fuqaro M.I. yashash xonadonida O‘zbekiston Qizil Kitobi hamda xalqaro CITES Konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan bo‘z echkiemarlarni tutqunlikda saqlab, ularni nobud qilgan. Jumladan, 20 bosh echkiemarni tutqunlikda saqlagani va 43 bosh echikemarni esa o‘ldirilib, terisi shilib olgan.
Holat bo‘yicha «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi qonunining 25-moddasi, «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunining 47-, 49-, 50-moddalari, «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonunining 51-, 53-moddalari, Jinoyat kodeksining 202-moddasi (Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bo‘yicha ish ochilib, huquqbuzarga hayvonot dunyosiga yetkazilgan jami 311,9 mln so‘m zarar hisoblanib, hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.
Tirik qolgan 20 ta bo‘z echkiemar yashash muhiti bo‘lgan Muborak tumanidagi cho‘l hududlariga qo‘yib yuborilgan.
Holat bo‘yicha sud ishi Dexqonobod tuman sudda ko‘rib chiqilgan. Aybdorga nisbatan 141,9 mln so‘m zararni undirish va 3 yil ozodlikni cheklash jazosi qo‘llangan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026