Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya elchisi Samarqandda RF bosh konsulligi qachon ochilishini aytdi
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov Samarqandda Rossiya Federatsiyasi bosh konsulligi qachon ochilishini ma’lum qildi.
Foto: TASS
Oktyabr oyi boshida Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. Davlat rahbarlari ishtirokida ikki davlat hukumatlari va vazirliklari tomonidan qabul qilingan 10 ta hujjat almashildi, jumladan, Rossiya Federatsiyasining Samarqand shahrida bosh konsulligini tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.
«So‘nggi paytlarda Samarqandda ko‘plab muhim tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda: ham Rossiya-O‘zbekiston, ham xalqaro tashkilotlar – ShHT va MDH doirasida. Shahar nafaqat respublikaning siyosiy platformasiga aylandi, balki uning madaniy va sayyohlik poytaxti hisoblanadi. 2023 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi deyarli ikki baravar ko‘paydi», — dedi rossiyalik diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu omillarning uyg‘unlashuvi mintaqadagi Rossiya fuqarolariga konsullik yordamini yanada jadallashtirishni talab qiladi.
«Shu nuqtai nazardan, Samarqand shahrida Rossiya Federatsiyasining bosh konsulligini ochish bo‘yicha mamlakatlarimiz o‘rtasida erishilgan kelishuv Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi izchil kengayib borayotgan hamkorlikning muhim bosqichidir. Bu yo‘lda birinchi va eng muhim qadam qo‘yildi, me’yoriy-huquqiy baza mavjud, endi iqtisodiy va ma’muriy qism qoldi: tegishli bino izlash, xodimlarni yollash va hokazo. Albatta, bu jarayonda o‘zbekistonlik hamkasblarimizdan, respublika rahbariyatidan, shahar hokimligidan yaqin kelajakda Rossiyaning yangi instituti eshiklarini ochish bo‘yicha yordam berilishiga umid qilamiz», - deya xulosa qildi elchi.
Mavzuga oid
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
10:53 / 29.01.2026
Samarqandda yollanma qotil orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
10:30 / 29.01.2026