Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston prezidenti Toshkentga qaytdi.
Shavkat Mirziyoyevning Pekin shahriga amaliy tashrifi yakunlandi. Tashrif chog‘ida davlat rahbari Xitoy raisi Si Jinping va Viyetnam prezidenti Vo Van Txiong bilan muzokara o‘tkazdi.
Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi, «Ameri International», «CAMCE», «China Energy», «State Grid» korporatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston prezidenti rafiqasi bilan birga «Bir makon, bir yo‘l» uchinchi xalqaro forumiga kelgan delegatsiyalar rahbarlarini tantanali kutib olish marosimida ishtirok etdi.
Yubiley forumning ochilishida qatnashib, davlat rahbari «yashil taraqqiyot» masalalariga bag‘ishlangan yalpi sessiyada nutq so‘zladi, Xitoy hamda «Makon va yo‘l» tashabbusining boshqa ishtirokchilari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlangach, prezident Toshkentga jo‘nab ketdi. «Shoudu» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni XXR favqulodda vaziyatlar vaziri Van Syansi va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Mavzuga oid
20:55 / 09.02.2026
Hongkongda media magnat Jimmi Lay 20 yilga qamaldi
18:35 / 09.02.2026
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
23:10 / 06.02.2026