Jahon | 01:59 / 20.10.2023
12050
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy budjet xarajatlarini rekord darajada oshirish haqidagi qonunni imzoladi

Mablag‘larning salmoqli qismi Ukrainaning milliy xavfsizligi va mudofaasi uchun ajratiladi.

Foto: president.gov.ua

Vladimir Zelenskiy 2023 yilda davlat budjeti xarajatlarini 322,6 mlrd grivnaga oshirishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Shundan 302 mlrd grivna Ukraina milliy xavfsizligi va mudofaasiga yo‘naltiriladi.

Qonunga muvofiq, xarajatlar quyidagi miqdorda oshiriladi:

- Mudofaa vazirligi - 211 mlrd grivna;

- Ukraina xavfsizlik xizmati - 4,2 mlrd grivna;

- Ijtimoiy siyosat vazirligi - 16,5 mlrd grivna;

- Strategik sanoat vazirligi - 4,3 mlrd grivna;

- Bosh razvedka boshqarmasi - 2,5 mlrd grivna;

- Davlat maxsus aloqa xizmati - 570 mln grivna;

- Tashqi ishlar vazirligi - 1,3 mlrd.

- Ukraina Ta’lim va fan vazirligi - 572 mln grivna;

- Tashqi razvedka xizmati - 500 mln grivna;

- Davlat xavfsizlik boshqarmasi - 230,5 mln grivna.

6 oktyabr kuni Oliy Rada 2023 yil uchun davlat budjeti xarajatlarini 322,6 mlrd grivnaga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Deputat Yaroslav Jyeleznyakning fikricha, bunday o‘zgarishlar Ukraina tarixida ikki rekord o‘rnatadi: birinchi marta davlat budjeti umumiy jamg‘armasining xarajatlari 3,39 trln grivnadan, defitsit esa 2 trln grivnadan ortiq bo‘ladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid