O‘zbekiston | 21:05 / 21.10.2023
18838
5 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekcha o‘ylayman va gapiraman» – o‘zbek tilini o‘z ona tilidek biladigan o‘zbekistonlik turli millat vakillari 

Dunyodagi 50 millionga yaqin kishi o‘zbek tilida o‘z ona tili sifatida gaplashadi. O‘zbek tili 7 mingdan ortiq dunyo tillari orasida eng ko‘p foydalaniladigan tillarning 50 talik ro‘yxatiga kiritiladi. Kun.uz’ning bugungi qahramonlari turli millat vakillari bo‘lishlariga qaramasdan, o‘zbek tilida o‘z ona tilidek gapiradi. Ular bilan bolaligi, o‘zbek tilini o‘rganish tarixi va davlat tilining hayotlarida qanday o‘rin tutayogani haqida suhbatlashdik.

O‘zbekistonning dunyoga ochilishi, boy madaniyati, tarixi va yuqori turistik potensiali sababli bugungi kunda boshqa davlatlarda ham o‘zbek tilini o‘rganishga ehtiyoj paydo bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda Birlashgan millatlar tashkiloti minbarlaridagi O‘zbekiston davlati tomonining nutqlarida ham dunyoga aynan davlat tilida murojaat qilinyapti.

1989 yil 21 oktyabr – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. 34 yil oldin yagona rasmiy til sifatida qonunchilik bilan belgilab qo‘yilgan o‘zbek tilini bilish, o‘rganish va qo‘llash — barcha o‘zbekistonliklarning konstitutsion burchi.

Millatim arman. Kichkinaligimdan o‘zbek bog‘chasiga borganman. Undan keyin maktab, kollej va universitetni ham o‘zbek guruhlarida tugatdim. Davlat tilini bilishim menga katta imkoniyatlar berdi. Men yaxshi bir huquqshunos, iqtisodchi yoki boshqa soha vakili bo‘lishim mumkin edi. Lekin men dadamning orzusini amalga oshirib, jurnalist bo‘ldim. Butun O‘zbekistonga tanilishim sababi ham aynan o‘zbek tilini bilganim uchun”, - deydi Arevat Grigoryan.

Arevat Grigoryan

Toshkent shahridagi mahallalardan birida tug‘ilib o‘sgan Vladimir Lim videoblogerlik foliyatini o‘zbek tilida olib boradi.

Vladimir Lim

Millatim toza koreys, lekin qalbim haqiqiy o‘zbek”, deydi u. Hatto unga Vahob deya o‘zbekcha ism qo‘yishgan. Vaxob davlat tilini bilish har bir fuqaroning burchi deb hisoblaydi.

Sirdaryolik Aziz og‘a Bayramov esa viloyatning Sirdaryo tumanidan. Uning aytishicha, 1938 yilda Ozarboyjondan kelgan ota-bobolari shu hududlarga kelib, qo‘nim topgan.

Aziz Bayramov

Sirdaryodagi Ozarboyjon madaniyat markazi direktoriman. Viloyatimizda 3 mingdan ortiq ozarboyjonlar bor. Ularning hammasi davlat tilida gaplashishadi. O‘zbeklar bilan quda-anda bo‘lib ketganmiz. Davlat tili – o‘zbek tili bizning ona tilimiz! Barchani Davlat tili bayrami bilan tabriklayman”, deydi Aziz og‘a.

Toshkent shahrida bankir bo‘lib ishlayotan 27 yoshli Denis Koxayev esa o‘zbek tilini bog‘cha tarbiyachisidan mukammal o‘rgangan.

Denis Koxayev

Bog‘chada tushki uyqu paytida hamma bolalar kabi uxlashga qiynalardim. Shunday paytlarda tarbiyachimiz menga turli adabiyotlardan o‘qib berardi. Uning otasi til va adabiyot o‘qituvchisi bo‘lgan. Shu sababli ularning o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmati menga ham o‘tgan va men ham juda kichkinaligimdan haqiqiy adabiy o‘zbek tilini o‘rganib katta bo‘lganman”, deydi asli rus millatiga mansub Denis.

Abdurahmon Meshayan esa millati arman bo‘lishiga qaramay, o‘zbek, fors, ozarboyjon adabiyoti va tarixi shaydosi. O‘zbek tilida yozilgan yuzlab she’rlar muallifi. Uning tillarga bo‘lgan sevgisi va hurmati oiladagi muhit – ota-onasining turli tillarda mukammal gaplasha olishi sababidan deb hisoblaydi. “Hatto tushlarimni o‘zbekcha ko‘raman”, deydi Abdurahmon.

Abdurahmon Meshayan

Sirdaryolik Kamuna Sattorova ham u yerlik ozarboyjonlardan. O‘zbek yigitiga turmushga chiqqan. Oilada har ikki tilda ham gaplashishadi. Kamuna opa turli tabdirlarda o‘zbek va ozarboyjon tillarida qo‘shiqlar kuylaydi. Davlat tilini mukammal bilgani uchun ham musiqa maktabida o‘quvchilarga dars beradi.

Kamuna Sattorova

Mana shunday vatanparvar va xalqsevar yurtdoshlarimiz borligidan faxrlanamiz, xursand bo‘lamiz! O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida mamlakat hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlash, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratish belgilab qo‘yilgan. Shuning barobarida O‘zbekiston atalmish mustaqil davlatning yagona rasmiy tili o‘zbek tili ekani ham belgilab qo‘yilgan. Bu esa davlat tili talablariga barcha o‘zbekistonliklar birday mas’ul ekanliklarini anglatadi.

Ko‘rsatuvni yuqoridagi video orqali to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.
Sardorbek Usmoniy suhbatlashdi. 

Mavzuga oid

E`lonlar

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

USAID hamkorligida SWISSAGRO qo‘shma korxonasi Farg‘onada yangi ishlab chiqarish quvvatini yo‘lga qo‘ydi

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

O‘zKeysServis zamonaviy servis markazlari va raqamlashtirish tizimi: Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlashda yangi bosqich

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

USAID hamkorligida SWISSAGRO qo‘shma korxonasi Farg‘onada yangi ishlab chiqarish quvvatini yo‘lga qo‘ydi

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

O‘zKeysServis zamonaviy servis markazlari va raqamlashtirish tizimi: Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlashda yangi bosqich

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

USAID hamkorligida SWISSAGRO qo‘shma korxonasi Farg‘onada yangi ishlab chiqarish quvvatini yo‘lga qo‘ydi