«Putin Putinning tarafida» - Moskva Yaqin Şarqdagi mojaroda vositaçilik qila oladimi?
|18:29 / 23.10.202331 26214 min
Isroilda va Falastin yerlarida ayni paytda avj olgan mojaro Vladimir Putinni juda qiziqtiradi. U bu borada allaqaçon ikki bor çiqiş qildi va mojaroga aralaşgan barça tomonlar bilan telefonda sözlaşdi. Rossiya bu mojaroni hal qiliş uçun özini potensial vositaçi sifatida taklif etmoqda.
Xöş, Moskva qanday maqsadlarni közlamoqda va Rossiya diplomatiyasining tobora ösib borayotgan roli haqida jiddiy gapiriş mumkinmi? BBC Russian muxbiri Anastasiya Golubeva vaziyatni tahlil qildi.
Biz kimgadir xayrixoh ekanimizdan birov şubhalanmaydi»
Xalqaro jinoiy sudning orderidan söng 13 oktyabr kuni Bişkekka özining ilk xorijiy taşrifi bilan kelgan Putin katta qismi Isroil va falastinliklarga bağişlangan nutq sözladi. U HAMASning mamlakat janubiga kirgani haqida gapirar ekan, gapini «Isroil hali tarixda kuzatilmagan hujumga duçor bölgani» bilan boşladi.
Biroq şundan söng Putin Ğazo sektorini Ikkinçi jahon uruşida qamal qilingan Leningradga mengzadi va mustaqil Falastin davlati tuzilişi kerakligini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, bu holda mojaro avj olişiga AQŞning taşqi siyosati barbod bölgani boş sabab bölgan. Putinning fikriça, Isroil garçi «öz xavfsizligini ta’minlaşga haqli» bölsa ham, bu vaziyatdan çiqişga faqat «vositaçilik sa’y-harakatlari» bilan erişiladi.
Bunday vositaçi sifatida Putin oçiqçasiga Rossiyani taklif etdi: «Biz sönggi ön beş yillar içida Isroil bilan juda iliq munosabatlarga egamiz, Falastin bilan ham an’anaviy aloqalarimiz bor. Şu sababli biz kimgadir xayrixoh ekanimizdan birov şubhalanmaydi», — dedi u.
Şu kunning özida Rossiya BMTga Isroil va Falastinda öt oçişni töxtatiş böyiça öz rezolyutsiyasi loyihasini kiritdi, biroq u AQŞning vetosi bilan Xavfsizlik kengaşi tasdiğidan ötmadi.
Putnning çiqişidan söng HAMAS unga qöllab-quvvatagani uçun taşakkur bildirdi, Amerikaning The Wall Street Journal gazetasida esa mojaro fonida Moskva va Isroil örtasidagi munosabatlar jiddiy buzilgani haqida maqola çiqdi. Naşrning qayd etişiça, Putin HAMASning hujumi tufayli Binyamin Netanyahuga hamdardlik bildiriş uçun qönğiroq qilmagan jahonning kam sonli yetakçilaridan biri bölgan.
Ğarb va Rossiya mustaqil naşrlari BMTdagi Rossiya rezolyutsiyasida ham, Kremlning rasmiy bayonotlarida ham HAMAS tilga olinmaganiga e’tibor qaratgan, binobarin, uning harakatlariga baho berilmagan.
WSJ’ning yozişiça, Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan söng Kreml Moskvani savdo munosabatlari va qurol-yaroğ yetkazilişi orqali qöllab-quvvatlovçi Eron bilan aloqalarini mustahkamlagan. Eron esa, öz navbatida, HAMASning boş ittifoqçisi va Isroilning tarixiy duşmanidir.
Mavzuga oid
Biroq, Putinning turliça talqin qiliş mumkin bölgan bayonotlari 16 oktyabr kuni mojarodan manfaatdor tomonlarning barçasi — Isroil, Falastin muxtoriyati, Eron va Misr yetakçilariga qönğiroq qilişga tösqinlik qilmagan.
Putin va Netanyahu Al-Qudsda. 2020 yil. Foto: Getty Images
Çorşanba kuni Xitoyga safari çoğida Isroildagi vaziyatni yeçiş uçun Putin yana «aloqalar va muzokaralar» boşlaş zaruriyati haqida gapirdi.
«Men Rossiya prezidenti öng-çapiga qaramasdan harbiy töqnaşuvlarning qurbonlari tinç aholi bölişi mumkin deya bayonot berayotganini eşitganimda qahrim keladi. Odam bundan ortiq surbet bölişi mumkin emas», — deya Putinning gaplariga fikr bildirgan keyingi kuni nemislar yetakçisi Olaf Şols.
Nega Putin kutilmaganda «tinçlik» haqida sözlab qoldi?
Rossiya kup yillar mobaynida özini Yaqin Şarqdagi vositaçi sifatida körsatib kelgan, biroq hozir Kreml «mojaroni hal qiliş yoki tomonlarni yaraştiriş uçun çinakam istakka ham, imkoniyatlarga ham ega emas», deya şarhlagan Vaşingtondagi Yaqin Şarq siyosati instituti xodimi Anna Borşçevskaya.
«Gap köproq Rossiya özini muhim xalqaro yeçimlar usiz ötmaydigan buyuk barqudrat davlat, şuningdek, AQŞga posangi sifatida taqdim qilişi haqida bormoqda», — deydi u Rossiyaning da’vo qilinayotgan taşqiy siyosiy maqsadi — «liberal dunyo tartibini buziş va uni köpqutbliligi bilan almaştiriş» ekanini ta’kidlar ekan.
Rossiya özini eng avvalo diplomatiyadan manfaatdor tomon sifatida taqdim etişga urinadi — Putin Ukrainadagi uruşga nisbatan ham şunday pozitsiyani ilgari surişga harakat qilgan, deya şarhlaydi Britaniya mudofaa tadqiqotlari qirollik instituti (RUSI) xodimi Emili Ferris.
«Bu Kreml tomonidan ançadan buyon ilgari surilayotgan — ğarbning sönib borayotgani, Rossiya kabi davlatlar öz rolini öynaşi kerakligi töğrisidagi narrativini mustahkamlaydi. Bu obrazni hozir Rossiya Afrika qit’asida ilgari surmoqda», — deydi Ferris.
Biroq Rossiyaning Isroildagi vaziyatga qiziqişining birinçi darajali sababi — Ukrainadagi uruşdan diqqatni Yaqin Şarqqa qaratiş, deyişmoqda BBC tomonidan söralgan ekspertlar va köplab ğarb naşrlari.
Butun dunyoning diqqat-eʼtibori Isroil va Ğazo sektoriga qadaldi, bu esa Rossiyaning qöllarini böşatadi, deydi Qatardagi Körfazni örganiş markazi xodimi Nikolay Kojanov. U Rossiya deyarli bildirmasdan yadroviy sinovlarlarni taqiqlaş töğrisidagi şartnomadan voz keçganini misol keltiradi — RF Davlat dumasi şu hafta içida şartnomadan çiqiş töğrisidagi qonunni bir öqişdayoq qabul qilgan. «Boşqa vaqtlarda bu harakat katta diqqat-eʼtiborni jalb qilgan bölar edi», — deydi Kojanov.
Uning yana qayd etişiça, Ukraina frontlaridagi voqealar jahon yangiliklari boş sahifalaridan pastga şönğidi, ğarbdagilar esa Isroil va Ukrainaga yordamni qanday taqsimlaş töğrisida boş qotira boşlaşdi — bularning barçasi Rossiya foydasiga işlaydi.
Bundan taşqari, bunday vaziyatda Rossiya xalqaro hamjamiyat bilan suhbatlaşiş imkoniyatiga ham ega bölmoqda. «Bu Moskva uçun muhim, çunki bu keyingi izolyatsiyalardan qoçiş, şuningdek mavjud izolyatsiyadan uzoqlaşib, özining muhimligi, özlarining ahamiyatdor ekani körsatiş imkonini beradi, — deydi Kojanov. — Rossiya taşqi olam bilan suhbatlaşiş uçun qöşimça kanalga ega bölmoqda. Agar omadi kelsa, vositaçi rolini ham öynaşi mumkin. Agar omadi kelmagan taqdirda ham Rossiya rahbariyati uzoq vaqt «biz urinib körganmiz», deb gapirib yuradi».
Rossiya çindan ham uşbu mojaroda vositaçi böla oladimi?
Ayni vaqtda Isroil Rossiyaning vositaçiligiga könadi, deb tasavvur qiliş qiyin, deydi Anna Borşçevskaya. Rossiya HAMAS va «Hizbulloh» (Eron tomonidan qöllanuvçi Isroilga qarşi Livandagi guruh) bilan munosabatlarini saqlab turibdi, ularning vakillari bir neça bor Moskvaga borişdi, Rossiya ularga harbiy yordam körsatgan, deya sabablarini sanaydi Borşçevskaya.
«Antisemitizm Rossiyada yana avjlana boşladi, şu sababli Putin Isroilning yoki kimningdir haqiqiy dösti ekanini tasavvur qiliş qiyin», — deydi u.
Isroil Rossiyaning vositaçilikka urinişlariga skeptik munosabatda, deya işonç bilan ta’kidlaydi Nikolay Kojanov ham. «Köpçilikka oçiq-ravşan körinib turibdiki, Rossiya vaziyatdan öz manfaatlari yölida foydalanmoqçi. Isroilning manfaatlarini himoya qiliş töğrisida gap-söz bölişi mumkin emas», — deydi u.
Kojanov Rossiya çindan ham ançagina diplomatik sa’y-harakatlarni qöllayotgani — bu holda şunçaki oğzaki bayonotlar bilan çeklanib qolmasdan, Isroil muloqot qila olmaydigan «mintaqadagi asosiy öyinçilar» bilan maslahatlaşuvlar ötkazib, aloqalar örnatayotganini qayd etadi. «Lekin fikrimça ayni paytdagi butun vaziyat, ayniqsa Rossiyaning xalqaro sahnadagi köplab öyinçilar uçun toksikligi hisobga olinsa, u ahamiyatli vositaçi böla olmasa kerak», — deya fikrlarini yakunlaydi ekspert.
Emili Ferris Putinning Rossiya uşbu mojaroda neytral tomon böla olişi töğrisidagi bayonotlarini şubha ostiga oladi. Ekspert mojaroning turli tomonlariga Rossiya çindan ham neçoğlik ta’sir ötkaza olişiga işonmaydi. «Rossiya har ikki tomon bilan yaxşi aloqada ekanligini ta’kidlab vositaçi böla olişini aytmoqda. Aslida bunday emas», — deydi Ferris.
Birinçidan, Rossiya va Isroil aloqalarining murakkabligini hisobga oliş kerak. Isroil Ukrainadagi uruşda alohida pozitsiyani tanladi: ğarb sanksiyalariga qöşilmadi, Ukrainaga maxsus qurol-yaroğlar jönatmadi, biroq harbiy harakatlarga tanqidiy munosbatda bölib, ukrainalik qoçqinlarni quçoq oçib qabul qildi, deydi u. Biroq şundan söng Lavrov bir neça bor antesmit ruhidagi çiqişlar qildi, ular uçun Putin Netanyahudan uzr söraşga ham majbur böldi.
Bundan taşqari, bu yerda Rossiyaning Eron bilan munosabatlari ham muhim rol öynaydi. «Rossiyaning taşqi siyosat böyiça yaqin bir neça yillar içidagi rejasidan boxabarmiz: Rossiya Xitoy, Hindiston va Eron bilan yangi xalqaro alyans tuziş yölidan bormoqda. Bundan taşqari, Eron Ukrainaga zarba berişda foydalanilayotgan pilotsiz parvoz qurilmalarini yetkazib bermoqda», — deydi Ferris. Biroq Eron HAMAS va «Hizbulloh»ni moliyalaştiradi, bu esa albatta Rossiya va Isroil örtasidagi munosabatlarda taranglik omili bölib xizmat qiladi.
«Bundan taşqari, Rossiyada HAMASga ta’sir ötkazişning neçoğlik real riçaglari borligi xususida savollar ham bor, — deydi Ferris. — Lekin, mening fikrimça, HAMASga eng katta ta’sir ötkaza oluvçi mamlakat Rossiya emasligi kundek ravşan».
Boz ustiga Rossiya uşbu mojaroda neytral böla olmasligiga şama qiluvçi konspirologik narrativlarni ilgari surib kelmoqda. Masalan, Rossiya naşrlari tomonidan tarqatilgan, Ukraina öziga ğarb davlatlari yetkazib bergan qurol-yaroğlarni HAMASga bergani töğrisidagi feyk yangilik kabi.
«Bu Rossiya manfaatlariga xizmat qiluvçi, ğarb diplomatiyasining barbod bölgani, ya’ni ularning Ukrainaga yordami demokratik maqsadlarni közlamagani, aslida terrorizmni qöllab-quvvatlayotganidan hikoya qiluvçi konspirologik nazariyalardan bittasi», — deydi Emili Ferris.
Rossiya çindan ham qaysi tarafda?
Putinning juma kungi bayonotlari va HAMASning unga taşakkur bildirişidan söng Rossiyani falastinparvar kayfiyatda ayblay boşlaşdi, Rossiya propagandaçilari va davlat naşrlari esa Isroilga nisbatan agressiv tonlarda çiqişlar qilişdi.
«Rasman Kreml pozitsiyasi bu masalada neytral böliş, mening fikrimça ham şunga öxşayapti. Biroq, menimça, Isroilda neytralitet falastinliklarni qöllaş deb tuşuniladi, çunki vaziyat şuni taqozo qilmoqda», — deydi Emili Ferris.
Rossiyaga ayni paytda tomonlardan birining tarafiga ötiş juda nomuvofiq, deydi Nikolay Kojanov ham; Rossiyaning strategiyasi — tösiqlarga çap berib yuriş.
«Ayni vaziyatda kimningdir pozitsiyasini oliş — öz pozitsiyasini susayiriş. Isroilning Ukrainaga nisbatan egallagan pozitsiyasidan kelib çiqib, undan uzoqlaşiş — nomuvofiqlik. «Arab köçalari» (arab davlatlari aholisining kayfiyati)dan uzoqlaşiş ham maqsadga muvofiq emas. Şu sababli yagona mavjud variant — gap-sözlarga çap berib harakat qiliş, biz tinçlik va yaxşilik tomonda, deb turiş», — deydi Kojanov.
Boz ustiga, uning sözlariga köra, Rossiyaga Yaqin Şarqda uzoqqa çöziluvçi mojaro ham kerak emas. Rossiya aynan «lanj beqarorlik»dan dividend oladi va doim kimgadir öz yordami va vositaçiligini taklif etişi mumkin böladi. Biroq Yaqin Şarq mintaqasida kuçlar taqsimotini özgartirib yuborişi mumkin bölgan katta uruş vaziyati Rossiya uçun aslo kerakmas, deb hisoblaydi Kojanov.
Çindan ham, «Hizbulloh» va Eronning boşqa tarafdorlari iştirokidagi keng kölamli mojaro Tehron Moskvaga yönaltirayotgan harbiy yordamning katta qismini öziga jalb qiladi, deydi Yangi Amerika xavfsizlik markazi (CNAS)ning Yaqin Şarqdagi xavfsizlik dasturi direktori Jonatan Lord.
«Eronning Ğazodagi mojaroga bevosita jalb qilinişi holatida Eron Moskvadan «qarz tilxati»ni — Rossiya va’da qilgan, biroq yaqin kelajakda taqdim etişni istamay turgan zamonaviy qurollarni talab qilib qolişi mumkin», — deydi u.
Uning sözlariga köra, Rossiya tomonidan Yaqin Şarqda qöllanadigan har qanday harakatni Ukrainadagi uruşdan uziliş hamda Rossiya va Eronning harbiy munosabatlaridan ayriça körib bölmaydi.
«Putin navbatdagi marta Putinning tomonida turib oldi, bu sönggi yil mobaynida Eron bilan yaqin aloqalar, Ukrainada Eron qurol-yaroğlariga tayanişini bildiradi», — degan Lord.
Uning aytişiça, Putinning Yaqin Şarqda ikkita asosiy maqsadi bor: Erondan qurol-yaroğ oqimini va Rossiya Tartus portini nazorat qilib turgan Suriyada harbiy iştirokni saqlab qoliş. Putinning barça xatti-harakatlari aynan mana şu maqsadlarga erişişga qaratilgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi