Navalniyning advokatlari ozodlikdan mahrum qilindi
Aleksey Navalniy himoyachilari 3,5 yildan 5,5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi. Petushkida hukm e’lon qilinishiga kelgan jurnalistlar qo‘lga olingan.

Foto: Aleksandr Nemenov / AFP / Scanpix / LETA
Vladimir oblastining Petushinskiy sudi hozirda vafot etgan muxolifatchi Aleksey Navalniyning uch sobiq advokati — Vadim Kobzev, Aleksey Lipser va Igor Serguninni «ekstremistik hamjamiyatda» ishtirok etish ishi bo‘yicha (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 282.1-moddasi 2-qismi) uch yarim yildan besh yarim yilgacha qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi "Mediazona" 17 yanvar, juma kuni.
Vadim Kobzev 5,5 yil, Aleksey Lipser besh yil, Igor Sergunin esa uch yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud jarayoni yopiq eshiklar ortida o‘tdi va Vladimir oblastining Petushinskiy rayon sudidagi eshituvlar 24 dekabr kuni yakunlandi. 10 yanvar kuni advokatlar so‘nggi so‘zlarini aytishdi.
Advokatlarga hukm 10 yanvar kuni chiqishi kerak edi, biroq keyin u 17 yanvarga qoldirildi. «Navalniyning advokatlari ustidan hukm 17 yanvar kuni soat 10:00 da e’lon qilinadi. Navalniy Rossiyaga qaytib kelgan va qamoqqa olingan kun. Menga ayting-chi, bu tasodifmi?» — dedi FBK direktori Ivan Jdanov bu borada.
Navalniy advokatlarining ishi
Kobzev, Lipser va Sergunin 2023 yil oktyabr oyida Moskvada hibsga olingan — shundan beri ular tergov hibsxonasida. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Navalniyning advokatlari «maqomlaridan foydalangan holda» siyosatchining koloniyadan kelgan xatlarini uning sheriklariga yetkazgan. Shu tariqa ular «ekstremistik hamjamiyat yetakchilari va a’zolari o‘rtasida muntazam ravishda ma’lumotlar uzatilishini ta’minlagan». 2021 yilning iyun oyida Rossiya rasmiylari Navalniy tuzilmalarini, jumladan, u asos solgan Korrupsiyaga qarshi kurash fondini ham shunday hamjamiyat deb e’lon qilgan edi.
Navalniyning yana ikki advokati - Olga Mixaylova va Aleksandr Fedolov ham «ekstremistik hamjamiyat»da ishtirok etish ishiga aloqador. Ular avvalroq Rossiyani tark etgani uchun sirtdan hibsga olingan. Barcha besh advokat ekstremistlar va terrorchilarning Rosfinmonitoring reyestriga kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
-
Tramp boylar uchun soliqni oshirish taklifini berdi
Jahon | 23:06 / 09.05.2025
Mavzuga oid

23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi

12:04 / 19.03.2025
Qator hududlarda advokatlarning noqonuniy harakatlari fosh etildi

12:15 / 17.03.2025
Milanda Aleksey Navalniyga yodgorlik o‘rnatildi

13:43 / 05.03.2025