Bayroqdagi yangi yulduzlar: AQŞ hududlarni qanday qölga kiritgan?
|23:08 / 15.01.202521 8709 min
Prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonganidan keyingi ikki oy içida Donald Tramp Kanada, Daniya va Panamaga hududiy da’volarini bildirişga ulgurdi. AQŞning saylangan prezidenti kanadaliklar öz mamlakati Amerikaning 51-ştati bölişini istaşini aytdi; Panama kanalini qaytarişni va’da qildi; şuningdek, AQŞ Daniyaning Grenlandiya oroliga egalik qilişi lozimligini bildirdi. Uçinçi holat böyiça Tramp avvaliga orolni sotib oliş haqida gapirayotgandi, keyin esa kuç işlatiş ehtimolini ham istisno etmadi.
AQŞ öz tarkibidagi yerlardan ba’zilarini sotib olgan bölsa, ba’zilarini kuç bilan bosib qolgan.
AQŞ tarixida hududlarni sotib oliş ham, yerlarni kuç bilan egallaş ham, özini respublika deb e’lon qilgan hududlarda referendum ötkaziş holatlari ham bölgan. BBC ularni esga oldi.
Luiziana xarid qilinişi
AQŞ mustaqilligi Ön uç mustamlakaning (hozirda bular şimoli-şarqdagi ştatlar) Buyuk Britaniyaga qarşi uruşi bilan boşlangan. 30 yildan kamroq vaqt içida AQŞ hududi ikki baravardan köproqqa kengayadi. 1795 yilda mahalliy hindu qabilalari bilan uruşdan keyin Grinvill kelişuvi tuziladi, unga köra AQŞ hozirgi Ohayo ştatining katta qismi ustidan nazorat örnatadi. Missisipi daryosi şarqidagi hududlar ham asta-sekinlik bilan özlaştiriladi. Ammo eng katta hudud 1803 yilda qölga kiritiladi — Luiziana sotib olinişi bilan.
Fransiyadan Luiziananing sotib olinişi AQŞga öz hududini ikki baravar köpaytiriş imkonini berdi. Foto: Getty Images
1763 yilda Fransiya dengiz ortidagi foyda keltirmaydigan hududi Luizianani Ispaniyaga tortiq qilgandi — bu zamonaviy AQŞning Missisipi daryosi ğarbida yastangan, şimoldan janubgaça çözilgan katta hududi edi. Ispaniya ham saqlab turiş xarajatlari qimmatga tuşadigan hududidan foydalanmaydi va 1800 yilda Luizianani fransuzlarga qaytarib beradi. 1803 yilda hudud uzil-kesil Fransiyaga qaytadi, ular esa yerlarni darhol AQŞga sotib yuboradi.
Mavzuga oid
Öşanda hali imperator bölmagan, respublikaning birinçi konsuli bölgan Napoleon Bonapart — dengiz ortidagi katta hududni saqlab turiş imkonsiz ekanini anglagan va foydali kelişuvga rozi bölgan: zarar keltiradigan hudud 15 mln dollarga pullangan. Yakunda prezident Tomas Jyefferson 2,1 mln kilometr kvadrat hududni sotib oliş böyiça bitimni imzolagan — bu Ön uç mustamlakaning barça hududlaridan kattaroq edi.
Prezident Tomas Jyefferson Luiziana xarid şartnomasi hujjatiga imzo çekmoqda. Foto: Bettmann
Florida sotib olinişi
XIX asr boşlarida Ispaniya muammoli hududlaridan xalos bölişda davom etardi. Napoleon uruşlari davrida qirollik Janubiy Amerikadagi mustamlakalarini boy bera boşlaydi. Florida ham notinç edi: 1818 yilda general Endryu Jyekson (keyinroq AQŞning 7-prezidenti) seminol qabilasining Amerika hududlariga hujumlariga tösqinlik qiliş uçun ispanlarning ikki fortini egallab oladi. Yakunda Fransiyadan örnak olgan holda Ispaniya Floridani Qöşma ştatlarga sotişni ma’qul köradi.
Aniqroği, Ispaniya Floridani tekinga topşirgandi. Ammo Amerika davlat kotibi Jon Kuinsi Adams (yana bir bölajak prezident) bilan tuzilgan kelişuvda qator şartlar körsatilgandi. Birinçidan, AQŞ hudud fuqarolarining ispan hukumatiga da’volari böyiça qarzlarni tölaş majburiyatini oladi (va 5,5 mln dollar tölab beradi). Ikkinçidan, Qöşma Ştatlar Texas va ispanlarning Şimoliy Amerikadagi boşqa mustamlakalariga da’volaridan voz keçadi.
Texas özini respublika deb e’lon qilişi
Texasga da’vo qilmaslik böyiça va’daga oxirigaça vafo qilinmaydi. 1835 yilda Texasga köçib kelgan ingliz tilli aholi bu vaqtga kelib Ispaniyadan mustaqillikka erişgan Meksika hukumatiga qarşi isyon kötaradi. Texasliklarning noroziligiga asosiy sabablardan biri Meksikada qullik bekor qilingani bölgandi.
Yarim yil içida isyonçilar hukumat armiyasini mağlub etadi va hatto prezident Santa-Annuni asirga oladi. 1836 yilda tomonlar Texas respublikasi mustaqilligi töğrisidagi kelişuvni imzolaydi, şu bilan birga, hududning katta qismi maqomi noaniq qoldiriladi. Rasman Qöşma Ştatlar uruşga ham, respublikadagi keyingi çegara töqnaşuvlariga ham aralaşmaydi, ammo Texasga muntazam ravişda köngillilar otryadlari yuborib turiladi.
1845 yilda Texas AQŞning 28-ştati böladi.
Foto: Prisma/Universal Images Group via Getty Images
1845 yilda AQŞ va Texas hukumatlari birlaşişga kelişib oladi va Texas teng huquqli davlat sifatida ittifoq tarkibiga kiradi. Ammo hududni tinç yöl bilan bunday kengaytiriş Meksika bilan uruşga olib keladi.
Meksika yerlari
1847 yilda general Skott boşçiligidagi Amerika qöşinlari Mexikogaça kirib boradi. Foto: Apic/Bridgeman via Getty Images
1846 yilda, Texas qöşib olganidan köp ötmay, AQŞ va Meksika örtasidagi munosabatlar tezlik bilan yomonlaşadi. AQŞ uruşga tayyorlanişni boşlaydi, ammo şu bilan bir vaqtda Meksika hududlarini sotib oliş böyiça muzokaralar ham olib boradi — Kaliforniya (25 mln dollar) va Yangi Meksikani (5 mln dollar). Bu vaqtda Meksikada yana bir bor hukumat almaşadi, yangi hukumat sotiş taklifini haqoratli kelişuv deb topadi. Buning ortidan Meksika hukumati Texasga da’volarini e’lon qiladi.
Meksika qöşinlari bahsli hududga kirib, Amerika patruli bilan jangga kirişadi, söng AQŞ prezidenti Jyeyms Polk Kongressga Meksika «bizning hududimizga bostirib kirdi va Amerika tuproğida amerikaliklar qonini tökdi» deb e’lon qiladi.
Uruş Meksika armiyasi töliq tor-mor qilinişi bilan yakunlandi. Uruşning eng boşida, 1846 yil avgust oyida AQŞ Kaliforniya va Yangi Meksikani anneksiya qiladi. 1848 yilda tinçlik şartnomasi imzolanadi, unga köra Meksika uşbu hududlarni AQŞga beradi. Texasni qöşib hisoblaganda, öşanda Meksika suveren hududining yarmidan köproğini yöqotgandi.
Qöşma Ştatlarda köplab siyosatçilar Meksika bilan uruşga qarşi çiqişgan, keyinçalik general Uliss Grant Fuqarolar uruşi (1861—1865) «gunohlar uçun jazo» va Meksika hududlarini qöşib oliş oqibati bölganini aytgan.
Alyaskani sotib oliş
Alyaska AQŞga 7,2 million dollarga sotilgan. Foto: Bettmann
Qit’aning şimoli-ğarbida joylaşgan hududni yevropaliklar orasida birinçi bölib rus savdogarlari özlaştira boşlagan. 1799 yildan boşlab Alyaskani maxsus taşkil etilgan Rossiya-Amerika kompaniyasi boşqargan.
Rossiya imperiyasi Alyaskaning tabiiy resurslarga boyligini bilardi, ammo rasmiylar bu hududni saqlab qoliş oson emasligini tan olgan. Şarqiy Sibir general-gubernatori Muravyov-Amurskiy 1853 yilda şunday deb yozgandi: «Şimoliy Amerika Qöşma Ştatlari muqarrar ravişda butun Şimoliy Amerika böylab tarqaladi, biz esa ertami-keçmi Şimoliy Amerikadagi yerlarimizni ularga berişga majbur bölamiz».
Bir yil ötgaç, AQŞ Alyaskani Rossiya imperiyasidan sotib olişni taklif qiladi. Bitim 1867 yilda rasmiylaştiriladi: Rossiya Şimoliy Amerikadagi 1,5 million kilometr kvadrat yerlari uçun 7,2 million dollar oladi. Bu mablağning katta qismini Rossiya öz temiryöl infratuzilmasini yaxşilaşga sarflaydi.
Ispaniya orollari
Amerika qöşinlari Guantanamo şahriga tuşirilişi, Kuba. Foto: Photo12/UIG/Getty Images
1898 yilda AQŞ, öşa paytda Ispaniya mustamlakasi bölgan Kubaga yordam berişga qaror qiladi. Kubalik qözğolonçilarga kömaklaşiş uçun amerikalik köngillilardan iborat guruhlar jönatiladi, orol sohillarida esa «Men» nomli zirhli kema aylanib yurardi. Uşbu kemani vayron qilgan portlaş (zamonaviy tarixçilarning fikriça, detonatsiya taşqi ta’sirsiz sodir bölgan) uruşga bahona böladi.
AQŞ uruşda ğalaba qozonadi va tinçlik şartnomasi şartlariga köra Kuba, Puerto-Riko, Filippin va Guamni qölga kiritadi. Kuba 1902 yilda mustaqillikka erişadi, ammo Amerika ta’siri ostida qoladi; Filippin 1946 yilga kelibgina suverenitetga ega bölgan; Puerto-Riko va Guam alohida ştatga aylanmagan, ammo hali ham AQŞga qaraydi.
Havayi orollari anneksiyasi
«Majburiy nikoh». Havayi orollari qöşib olinişiga bağişlangan Britaniya karikaturasida AQŞ prezidenti Mak-Kinli ruhoniy qiyofasida tasvirlangan, «yangi turmuş qurganlar»ning orqasida esa moliyaçi J.P. Morgan turibdi. Foto: Pictures From History/Universal Images Group via Getty Images
XIX asr oxirigaça Havayi mustaqil qirollik bölgan. 1893 yilda AQŞ Davlat departamentining qöllab-quvvatlaşi bilan orollarda töntariş yuz beradi. Qiroliça taxtdan ağdariladi, monarxiya örnini respublika egallaydi, hukumatga AQŞga qöşiliş tarafdorlari kirib oladi.
Amerika-Ispaniya uruşi davrida AQŞ prezidenti Uilyam Mak-Kinli Havayi orollarini qöşib oliş töğrisidagi şartnomani imzolaydi. Ikki yildan söng, orollar özini özi boşqaruvçi hudud maqomini qölga kiritadi, 1959 yilda esa Havayi AQŞning 50-ştatiga aylandi. Bu AQŞ qöşib olgan oxirgi hudud bölib qolgan.