O‘zbekiston | 07:27 / 23.10.2023
18044
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida 6 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Bunga haydovchilar oraliq masofani saqlamagani sabab bo‘lgan. 

Foto: Videodan kadr

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida 6 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 

Viloyat YHXB xabariga ko‘ra, hodisa 21 oktyabr kuni soat 20:00 larda tuman hududidan o‘tgan 4R-22 avtomobil yo‘lining 20-kilometrida sodir bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, 6 ta transport vositasi to‘qnashib ketgan. Bunga haydovchilar oraliq masofani saqlamagani sabab bo‘lgan. 

Mashinalar haydovchilariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hodisa oqibatida og‘ir tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid