Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Qarshidagi mahallada bo‘lib, aholi turmushi bilan tanishdi
Prezident mahallaning yangi markazi – mahalla guzari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini ko‘zdan kechirdi, keksalar bilan muloqot qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Qarshi shahridagi «Oydin» mahallasida bo‘lib, aholi turmushi, hududdagi obodlik va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan yaqindan tanishdi.
Qayd qilinishicha, mahalla faollari prezidentga hududdagi o‘zgarishlar, odamlar hayoti haqida so‘zlab bergan. Mavsum oldidan ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga zarur choralar ko‘rildi. Xususan, o‘nta uyning tomi, yuzdan ortiq yo‘laklar ta’mirlandi, issiqlik quvurlari izolyatsiya qilingan.

Qarshi shahri mas’ullari, mahalla «yettiligi» ham hududda amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot bergan.
Kelgusi yildan «Mahalla budjeti» tizimi to‘liq joriy qilinadi. Bu – har bir mahallaning 100 million so‘mgacha mablag‘i bo‘ladi, degani. Prezident mazkur tizimni samarali ishlatish, bunday keng vakolat va mablag‘lardan foydalanib, mahalladagi dolzarb muammolarni hal qilish zarurligini ta’kidladi. Aholini tadbirkorlikka, xotin-qizlarni kasb-hunarlarga jalb etib, daromadini oshirish, yoshlar uchun madaniy tadbirlar, musobaqalar tashkil etish muhimligi qayd etdi.

Davlat rahbari mahallada yashovchi Dilshod Nabiyev xonadonida mehmon bo‘ldi. Oila boshlig‘i xususiy tadbirkor. Turmush o‘rtog‘i Hurriyatxon bilan ikki farzandni voyaga yetkazmoqda. Ular tadbirkorlik faoliyati, bolalarga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.


Prezident mahallaning yangi markazi – mahalla guzari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini ko‘zdan kechirdi. Shu yerda keksalar bilan muloqot qildi.


Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026