Jahon | 21:19 / 31.10.2023
3182
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy 1 noyabrdan xorijliklar uchun salomatlik deklaratsiyasi talabini bekor qiladi 

Shuningdek, endi xorijliklar Xitoyga kirish paytida maxsus QR-kod olishi ham shart emas. 

Foto: RIA Novosti

1 noyabrdan boshlab xorijiy fuqarolarning Xitoyga kirishida sog‘lig‘i haqida deklaratsiya taqdim etish talabi bekor qilinadi. Bu haqda Xitoy bojxona boshqarmasiga tayanib Interfax xabar berdi. Ushbu talab COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri amal qilayotgan edi. 

«Xitoy Xalq Respublikasining tegishli qonuniga ko‘ra, 2023 yil 1 noyabr yarimtundan boshlab, mamlakatga kirish va chiqishda fuqarolar salomatlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirishdan ozod etiladi», deyiladi bayonotda. 

Shuningdek, endi xorijliklar Xitoyga kirish paytida maxsus QR-kod olishi ham shart emas. 

Deklaratsiyani faqat yo‘tal, yuqori harorat yoki toshma kabi yuqumli kasallik belgilari bo‘lgan yo‘lovchilar to‘ldirishi kerak. 

Eslatib o‘tamiz, 30 avgustdan boshlab, Xitoy xorijliklar uchun COVID-19 testining manfiy natijasi haqidagi ma’lumotnomani ham bekor qilgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid