«Yillab ota-onamni körolmagan paytlarim bölgan» – özbek-qirğiz çegarasida vaziyat qanday özgardi?
|19:30 / 02.11.202322 8934 min
1 sentabrdan Özbekiston va Qirğiziston fuqarolari ID kartalar orqali ikki davlat hududiga kiriş, çiqiş, tranzit ötiş, harakatlaniş va unda bölib turişlari mumkin böldi. Kun.uz muxbiri Andijon viloyatining Qirğiziston bilan bir neça çegara postlarida bölib, qöşni davlatga ötiş va kiriş uçun fuqarolarga yaratilgan şart-şaroitlar bilan tanişdi. Yurtdoşlarimiz, qirğizistonlik va xorijlik mehmonlar bilan suhbatda böldi.
2023 yilning 1 centyabr kuni Özbekiston va Qirğizistonning Marhamat hamda Aravon tumanlarini boğlaydigan Mingtepa/Qora-Boğiş çegara ötkaziş punkti, şuningdek, Andijon va Jalolobod viloyatlarini boğlovçi Xonobod/Bek-Obod çegara ötkaziş punkti ham oçildi. Mazkur postlar 2009 yildan beri yopiq edi.
«Xonobod» çegara bojxona posti
Andijon viloyati va Qirğizistonning Jalolobod viloyatlarini boğlovçi özbek-qirğiz çegara bojxona posti endilikda uzluksiz faoliyat olib bormoqda. Xalqaro maqomdagi uşbu post orqali kuniga 9-10 ming kişi hamda 300 tagaça avtotransport vositasi harakatlanişi mumkin.
Nilufar Abdunazarova asli xonobodlik. U Qirğizistoning Jalolobod viloyatiga kelin bölib tuşgan. Uning aytişiça, avvalari u ota-onasini yillab körişga borolmagan.
Nilufar Abdunazarova
«Yöl oçilgandan beri har oyda ota-onamni körgani boryapman. Oldin 7-8 yil ötolmay yurgan paytlarimiz ham bölgan. Endi bemalol borib kelyapman, şu işni qilganlarga rahmat», — deydi u.
Deyv Komiyer amerikalik sayyoh bölib, u Samarqand şahrida bölganini endi esa Xonabod çegara ötkaziş punkti orqali Jalolobodga yöl olganini aytdi.
Deyv Komiyer
«Çegara postida jarayonlar tez ötgandek tuyuldi. Pasport nazoratida birozgina uşlanib qolganimizni aytmaganda hammasi yaxşi ötdi. Asli amerikalikman. Hozir bu yerga Samarqanddan kelib, Qirğizistonning Jalolobod şahriga yöl olganmiz», — deydi Deyv.
Mavzuga oid
«Mingtepa» çegara bojxona posti
Marhamat va Aravon tumanlarini boğlovçi «Mingtepa» çegara posti kunduzgi vaqtda (08:00—18:00) faoliyat olib boradi. Xalqaro maqomdagi uşbu postdan bir kunda 10 ming fuqaro ötişi va qaytişi mumkin. Kun.uz’ga ma’lum qilinişiça, postda hozirda kuniga örtaça 1,5 ming fuqaro ötib-qaytmoqda.
Marhamatlik Ilhomjon Mamatovning aytişiça, ikki mamlakatga kiriş-çiqişda bosib ötiladigan masofa va yöl xarajatlaru qisqargan.
«Andijonda faqat «Döstlik» posti oçilgan edi. U yoqqa boriş uçun 60-70 km yurişimiz kerak bölardi. Hozir 2-3 km yurib Qirğizistonga ötib olamiz. Ariğimiz, mozorimiz, bozorimiz bir qirğizistonliklar bilan. Bu işlar yaxşi böldi», — deydi u.
Qirğizistonning Aravon tumanida yaşovçi Doniyor Jumaboyev hozir uşbu postdan qisqa vaqt içida ötayotganini bildirdi.
Doniyor Jumaboyev
«Döstlik postidan ötiş uçun ança vaqt sarflardik yölga. Hozir esa uydan çiqib 10-15 daqiqada Qirğizistonga ötişimiz mumkin. Bemalol işimni bitirib kelaman. Hozir ham töyga aytişga ketyapman. 2-3 daqiqada ötyapmiz postdan», — deydi Jumaboyev.